⚛️ Yashil kun tartibida yadro energetikasi muhim o’rin tutadi: u CO2 emissiyasini nolga tenglashtiradi va issiqxona gazlari chiqindilarini minimallashtiradi.
Bugungi kunda dunyoda:
🔺32 davlat atom energiyasi ishlab chiqaradi
🔺9 ta davlat atom quroliga ega (Ammo Isroilda mavjudligi rasman tasdiqlamagan)
🔺7 ta davlat ham «tinch», ham «harbiy» atom texnologiyalariga ega.
Yadro energetikasi jahon elektr energiyasi ishlab chiqarishning 10% ni tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich bo’yicha yetakchi Fransiya 🇫🇷 bo’lib, bu yerda elektr energiyasining 71% yadro reaktorlari yordamida ishlab chiqariladi.
Harbiy yadro texnologiyalari sohasida Rossiya🇷🇺 va AQSh🇺🇸 yetakchiligicha qolmoqda, biroq Xitoy🇨🇳 yaqin kelajakda ularga yaqinlashishi mumkin. Shu bilan birga, bir qancha davlatlar haligacha Yadro qurolini tarqatmaslik to’g’risidagi shartnomani (NPT) imzolagani yo’q. Bular: Isroil, Hindiston, Pokiston, Shimoliy Koreya va Janubiy Sudan.