Dunyodagi eng qisqa parvoz 

Doimiy ravishda yo’lga qo’yilgan eng qisqa yo’lovchi aviareysi havoda 90 soniya uchadi. Shotlandiyadagi Uestrey va Papa Uestrey orollari oralig’iga qo’yilgan bu aviaqatnov mahalliy Loganair aviakompaniyasi tomonidan yo’lga qo’yilgan bo’lib, bor-yo’g’i 2,7 kilometrdan iborat. U muntazamlikka ega eng qisqa reys sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

 

Qatnov ilk bor 1967-yilda yo’lga qo’yilgan. 2016-yilda uning xizmatidan 1 millioninchi yo’lovchi foydalandi. Aslida parvoz vaqti 47 soniya davom etadi. Yo’lovchilar bu vaqt oralig’ida samolyot bortida hech bo’lmasa selfi tushishga ham ulgurib bo’lmaydiku, deya e’tiroz bildirganlaridan keyin uchish vaqti 90 soniyagacha cho’ziladigan bo’ldi.