O’zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligi diplomatlari ko’magida ushbu shaharda noma’lum jinoiy to’da tomonidan garovda ushlab turilgan vatandoshimiz J.T. qutqarildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Mamlakatimiz Bosh konsulligiga jabrlanuvchining yaqin qarindoshlari orqali yo’llangan murojaatga ko’ra, yurtdoshimiz J.T. bir guruh shaxslar tomonidan Dubay shahridagi noma’lum manzilda majburiy tarzda ushlab turilgan va undan jami 200 ming AQSh dollari pul talab qilingan. Ushbu mablag’lar aytilgan vaqtda va manzilga keltirilmagan taqdirda J.T.ning joniga qasd qilish bilan qo’rqitib kelingan.
Bosh konsulxona xodimlari va Birlashgan Arab Amirliklarining huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan birgalikda amalga oshirilgan tadbir natijasida J.T. ushlab turilgan manzil aniqlandi va ozodlikka chiqarildi.
Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruh a’zolarining aksariyati BAA huquqni muhofaza qiluvchi idoralari tomonidan ushlangan va ularga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
BO’LIShISh Facebook Twitter AvvalgiKarimov Elyorbek Rahmatillayevich Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi Behruz Hayitov O’XShASh MAQOLALARMUALLIFDAN Bu qiziq Google foydalanuvchilarni “inkognito” rejimida ham kuzatgani uchun tovon puli to’laydi Bu qiziq Robot Tesla zavodida ishlayotgan muhandisga hujum qildi Bu qiziq Ana bo’lmasa! Rimda itlar uchun restoran ochildi FIKR BILDIRISh Javobni bekor qilish Please enter your comment! Please enter your name here You have entered an incorrect email address! Please enter your email address here
Tavsiya qilamiz Xorijda Qolgan frantsuz harbiylari Nigerni tark etishdi Behruz Hayitov — 23.12.2023, 18:56 0