image0

O‘zgidromet 6-8 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat respublika shimolida ertaga 7 dekabr kuni ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.

Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

8 dekabrda respublika hududiga shimoldan sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati 8 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuqni, shimolda kechasi 5-10 daraja sovuqni, kunduzi 2-7 daraja sovuqni tashkil etadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi.

Toshkent shahrida 6-7 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s telikda esadi. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduz kunlari 2-5 daraja iliq bo‘ladi. 8 dekabrda kuchsiz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 2-4 daraja sovuq bo‘ladi.

Kelgusi haftaning boshida O‘zbekiston bo‘yicha harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha (Toshkentda 6-8 daraja sovuqqacha), shimolda 13-18 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda. Kunduz kungi harorat deyarli o‘zgarmaydi.