Please log in or register to like posts.
News

Chingizxon 1155 yilda, mo’g’ullarning tatarlar ustidan g’alaba qozonishlari vaqtida dunyoga keldi. Uning otasi, katta qabila boshlig’i Esugay-botir g’alaba vaqtida dunyoga kelgan o’g’liga Temuchin deb ism berdi.

1164 yilda Esugay-botir o’g’lini salkam 10 yoshida uylantirib qo’ydi. Kelinlikka nomzod sifatida tanlangan qiz ham nufuzli oilaning farzandi bo’lib, qizlarining go’zalligi bilan dong taratgan Qo’ng’irot qabilasidan edi.

Temuchinning rafiqasi Borte o’z turmush o’rtog’ida uch yosh katta bo’lgan va juda yaxshi tarbiya ko’rgan, husni esa ko’zni qamashtirardi. U Temuchinning ilk rafiqasi sanalgan, umrining oxirgi kunlariga qadar unga sodiq qolgan. Ular birgalikda 40 yildan ortiq hayot kechirdilar.

1206 yilda Temuchin mo’g’ul imperiyasining ulug’ xoniga aylandi va uni Chingizxon deya atay boshladilar.

Chingizxonning javobsiz muhabbati…

Mo’g’ullarning qadimiy an’analariga ko’ra, ular bir nechta ayolni nikohlab olishlari mumkin edi. Ammo Chingizxon ikkinchi bor uylanib, Borteni ranjitishni aslo istamas edi. Temuchinning atrofidagi ishonchli odamlari unga yana bir bor uylanishi kerakligini, bu mamlakat vorislarining soni ko’proq bo’lishi uchun ham zarurligini ta’kidlar edilar. Borte aqlli va juda oqila edi, u Chingizxonning ushbu qarorini bosiqlik bilan qabul qildi, sevimli erining har bir so’zi uning uchun ilohiy gapdek edi. O’sha vaqtlarda harbiy yurishlar chog’ida asir tushgan qizlar joriya sifatida saroyga olib kelinardi, Chingizxonning kanizaklari soni 2000 dan ortiq bo’lsa ham ularning aksariyatini xon biror marta bo’lsada, ko’rmagandi.

Chingizxonning javobsiz muhabbati…

Kunlarning birida mo’g’ul xoni o’z yeridan tatarlarni quvib chiqarmoqchi bo’ldi. Aynan quvg’in paytida sohibjamol tatar qizi Esuganga ko’zi tushdi. U shunchalar chiroyli ediku xon uni zudlik bilan xaramga olib kelishlarini buyurdi va unga uylanish qaroriga keldi. Chingizxon qizga o’z maqsadi haqida so’zlagan vaqtida Esugan boshini quyi solib, uzoq yig’ladi. Hayratda qolgan xon ushbu holat uchun izoh talab qildi, qiz esa opasi Esuy haqida unga so’zlab, uni juda yaxshi ko’rishi va shafqatsiz mo’g’ullar qo’lida halok bo’lishi mumkinligini aytdi.

Askarlar Esuyni saroyga olib kelganlarida Chingizxon uning husniga mahliyo bo’lib qoldi, shu zahotiyoq to’yga tayyorgarlik ishlarini boshlash uchun buyruq berdi. Opasini topganidan boshi ko’kka yetgan Esugan o’z o’rnini opasiga bo’shatdi. So’ngra Chingizxon va Esuyninng to’ylar bo’lib o’tdi.

Chingizxonning javobsiz muhabbati…

Ammo Esuy xonning nazariga tushganidan aslo xursand emasdi. U hamisha tushkun kayfiyatda yurar, hech kim bilan suhbatlashmasdi.

Xon sevimli rafiqasining ko’ngliga yo’l topish uchun harakat qilar, ammo uddasidan chiqa olmasdi. Kunlarning birida Esuyning sirini uning singlisidan bilib oldi. Esuy o’z yurtida, yosh tatar yigitiga ko’ngil bergan, uning sevimli rafiqasi bo’lishni orzu qilgan ekan. U uzoqlarga tikilgancha kun kelib yorining jamoliga yetishishni orzu qilardi.

Bu haqida bilgan xon g’azablanib, askarlariga yosh rafiqasini ko’zdan yo’qotishni va uning yonidan bir zumga ham jilmaslikni buyurdi.

Chingizxonning javobsiz muhabbati…

Kunlarning birida navbatdagi harbiy yurish sabab holdan toygan xon o’z rafiqalari bilan tanovul qilib o’tirgan vaqti Esuy bezovta bo’la boshladi. Sezgir xon bu yerda bir gap borligini sezdi va zudlik bilan askarlarga atrofni qurshab olishni buyurdi. Shu vaqt askarlar orasida bir begona yigit bor ekanini sezib qoldilar.

Yigit xon tomonga qarab, o’zini Esuyning qallig’i deb tanishtirdi. Tatar yigitning ushbu qilig’idan g’azabga tushgan xon uning jonini olishni buyurdi. Qo’rqib ketgan Esuy hushdan ketdi, u bir necha kun davomida o’z o’tovidan chiqmay, sevgan insoni uchun ko’z yosh to’kdi. Chingizxonning yosh rafiqasi bilan til topishmagan Borte unga qarab ham qo’ymadi, Esugan esa opasining ko’z yoshlariga sherik bo’ldi.

Chingizxonning javobsiz muhabbati…

Chingizxon bu vaqtda yana harbiy yurishga tayyorgarlik ko’rardi. U safarlarga ham sevimli rafiqalarini birga olib borar, bu gal ham odatdagidek uni Esuy va Borte kuzatib borishlari kerak edi. Esuyning yonida og’ir ayb qilganini tushungan xon hamon uning ko’nglini ko’tara olmasdi. Mo’g’ul xoni uning rashkini keltirish uchun sohibjamol qizlarni haramga olib kela boshladi, bir necha yil ichida uning rafiqalari 26 taga yetdi.

Chingizxonning bu vaqtda ikki o’g’li bo’lib, ularning birini Borte, ikkinchisini Xulan ismli ayol dunyoga keltirgandi. Esuy esa o’z holatini o’zgartirmas, ammo hayotidan ham nolimasdi.

Chingizxonning javobsiz muhabbati…

Kunlardan birida g’amgin Esuy xondan o’limidan keyin bu davlatni kim boshqarishi haqida so’radi. Chingizxon aynan mana shu daqiqada kun kelib o’lishi to’g’risida birinchi bor o’ylab ko’rdi. U bir necha kun davomida mijja qoqmadi, abadiy yashash usullari bor yoki yo’qligi haqida o’yladi. O’ta uzoq umr ko’ruvchi Xitoy ruhoniylari haqida eshitgani uchun ulardan birini chaqirtirib keldi. Ruhoniy unga o’zi bilgan sirlarni o’rgata boshladi. Ammo o’limni yengib bo’lmasligi, shunchaki uzoq umr ko’rish mumkinligini aytdi.

Chingizxonning javobsiz muhabbati…

Xon o’limi yaqinlashganini sezgan vaqtida Bortening o’g’li O’qtoyni taxt vorisi deb e’lon qildi. Buyuk mo’g’ul xoni 1227 yilda 82 yoshida vafot etdi. Ammo uning dafn etilgan joyi bugunga qadar ma’lum emas.

Esuyning taqdiri qanday yakun topgani haqida biror bir tarixiy ma’lumot mavjud emas. Ma’lum bo’lgani shuki, u hech qachon xonni sevmagan. Shu sababli ham tarix uni armonli muhabbatiga vafodor ayol sifatida yodga oladi…

Chingizxonning javobsiz muhabbati…
loading…

Reactions

0
0
0
0
0
0
Already reacted for this post.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *