Ma’lumki, yangi tug’ilgan chaqaloq va uning onasi 40 kun davomida chillada bo’ladi. Bu shunchaki udum emas, balki qadimdan ona va bola salomatligini asrash maqsadida ota-bobolarimiz, momolarimiz tomonidan qo’llangan odatdir. Chilla saqlashning afzalliklari bisyor.
Chilla davrida ayol va chaqaloq organizmi juda ta’sirchan va har xil kasalliklarga beriluvchan bo’ladi. Ayniqsa, 20 kunlik “chilla”da juda ehtiyot bo’lish kerak.
“Chilla”li ona va bolaning ko’chaga chiqishi, turli odamlar bilan muloqotda bo’lishi man etiladi. Chillali xonadonga begonalarning kirishi ham mumkin emas.
Xonaning eshigiga turli mikroblardan va yomon ko’zlardan himoyalash maqsadida isiriq va garmdori osib qo’yiladi.
Chillaning dastlabki 9 kunida ona bachadonining qisqarishi kechadi. Bu davrda ayol alohida parhez tutmog’i lozim.