200 ga yaqin ta’lim muassasasi vakillari buxgalteriya hisobi imtihonlarida OpenAI texnologiyasini sinab ko’rdi. Tajribada asl ChatGPT modeli ishlatilgan.
Ishlab chiquvchilarning fikriga ko’ra, bot turli imtihonlarda juda yaxshi natija ko’rsatdi. Ushbu da’voni tekshirish uchun Brigham Young universiteti professori Devid Vud keng ko’lamli tadqiqot o’tkazdi. U 14 mamlakatdagi 186 ta o’quv muassasasidan 327 hammuallifni jalb etishga muvaffaq bo’ldi. Ular ChatGPT uchun 25181 ta buxgalteriya imtihoniga savollar tayyorladilar. Bundan tashqari, Brigham Young universitetining bakalavriat talabalari ChatGPT’ga darslik test bankidan yana 2268 ta savol berishdi.
Natijalar shuni ko’rsatdiki, ChatGPT yaxshi ishlashga qaramay, haqiqiy talabalardan o’ta olmagan. U o’rtacha 47,4 foiz ball to’plagan bo’lsa, talabalar 76,7 foiz ball to’pladi. Tadqiqotchilar chatbot uchun yuqori darajadagi savollarga javob berish qiyinligini ta’kidladilar.