Braziliya futbol afsonasi Pelening ismi Braziliyadagi portugal tili lug’atiga «eng zo’r» iborasiga sinonim sifatida kiritildi. Bu haqda Pelening ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilindi.
«Basketbolda Pele», «Tennisda Pele». Shu paytga eng zo’rlarga nisbatan ishlatib kelingan so’z lug’at sahifalaridan o’rin oldi. Biz portugal tili lug’atiga futbol qirolining ismini kiritib qo’ydik. Pele so’zi endi «eng zo’r» ma’nosini bildiradi», — deyiladi tarqatilgan xabarda.
Eslatib o’tamiz, Pele 2022 yilning 29 dekabr kuni 82 yoshida hayotdan ko’z yumdi. U 3 karra (1958, 1962, 1970) jahon chempionligini qo’lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi.
Izohlarni ko`rish