Buxoro amirligidan olingan boyliklar qiymati qancha?
Bundan 103 yil muqaddam — 1920 yilning 2 sentyabr kuni 415 yil davom etgan Buxoro amirligi ruslar tomonidan yo’q qilingan
edi. Ruslar amirlik xazinasidan quyidagilarni topishgan:
— Buxoro tillasi — 1 148 380 dona;
— Rus tillasi — 4 365 100 dona;
— Gamburg tillasi — 17 tonna 728 kg;
— Gamburg kumushi — 45 tonna 404 kg;
— Rus kumush tangalari — 22 tonna 160 kg;
— Buxoro tangasi — 62 834 780 dona;
— Buxoro mis tangasi — 5 tonna 696 kg;
— tilla kukuni — 1 tonna-yu 56 kg;
— Rus banki kumushi — 13 tonna 724 kg;
— Yana jami 34 nomdagi qimmatbaho osori-atiqa ro’yxat qilingan.
Shaxsan amir va uning oilasiga tegishli bo’lgan boyliklar ro’yxati:
— Yirik brilliantlar — 3 482 karat;
— Buyumlarga tikilgan brilliantlar — 968 karat;
— Buyumlarga tikilgan qimmatbaho toshlar– 8 617 karat va h.k. mulklar.
Keyinchalik Fayzulla Xo’jayevni aldab, Turkiya uchun atalgan boyliklar ham Moskvaga olib ketilgan.