Braziliya janubida eng qadimgi yirtqich hayvon – Pampaphoneus biccai yoki pampafonaning toshga aylangan suyaklari paleontologlar tomonidan topildi. Yirtqich 265 million yil avval Janubiy Amerikada yashagan.
Olimlar hayvonning yaxshi saqlanib qolgan bosh suyagi, qovurg’alari va old panja suyaklarini topdilar. Pampa Federal universiteti professori Felipe Pineyroning ta’kidlashicha, topilma sayyora tarixidagi eng yirik yo’q bo’lib ketish hodisasidan biroz oldin yer ekotizimlari jamoalari qanday tashkil etilgani haqida ma’lumot olishga yordam beradi.
Tabiatda pampafonalar yo’lbarslar va sherlar kabi yirik zamonaviy yirtqichlar bajaradigan xususiyatlarga o’xshash funksiyalarni bajargan. Ular o’ljani o’tkir tishlari bilan ushlab, kuchli jag’lari bilan osongina chaynab yuborgan. Ushbu qadimiy yirtqichlarning uzunligi deyarli uch metrni, og’irligi esa to’rt tonnani tashkil qilgan.
Pampafonlar ibtidoiy sutemizuvchilarning dastlabki guruhiga – terapsidlarga tegishli bo’lib, ular dinosefallar deb ham atalgan.
Bu turdagi yirtqichlar paleozoy davrining oxirida, dinozavrlar davri boshlanishidan 40 million yil oldin yashagan. O’sha paytda dinosefallar yer yuzida yashovchi hayvonlarning asosiy populyatsiyasi edi, deb yozadi Linnean jamiyatining zoologik jurnali.