Bir necha oydan keyin bo’lib o’tadigan toj kiyish marosimida Charlz III «Taqdirning qadimiy toshi»ga o’tiradi.
Yodgorlik Shotlandiyadan Vestminster abbatligiga maxsus yetkazib beriladi va qirollik taxti poyiga joylashtiriladi.
«Skuon toshi» yoki «Taqdir toshi» shunchaki qizil qumtoshning ulkan qismi emas, balki Britaniya monarxlarining ramzidir. Yodgorlikning yoshi ming yildan oshgan, shakli to’rtburchak, og’irligi 152 kg – harakatlanish qulayligi uchun toshga ikkita halqa biriktirilgan. Afsonaga ko’ra, u dastlab «Eski Ahd» patriarxi Yoqubning mulki bo’lgan, keyin esa Shotlandiya qirollarining toj kiyishlari paytida ishlatilgan. Biroq, 1296 yilda Eduard I bu yodgorlikni urush o’ljasi sifatida qo’lga kiritdi va uni Albion poytaxtiga olib ketdi. U yerda u barcha keyingi Britaniya monarxlarining toj kiyishlarida asosiy «ishtirokchi» bo’lgan.