Biologlar qirilib ketgan deb hisoblangan hayvonni topishdi

Indoneziyada olimlar Attenboro yexidnasini topishdi, u oxirgi marta 60 yil oldin “ko’rinish bergan”.

Olimlar sutemizuvchilarning bu turini qirilib ketgan deb hisoblashgan.

Buyuk britaniyalik tabiatshunos Devid Attenboro sharafiga Attenboro deb nomlangan uzun tumshug’li mazkur jonivorga so’nggi bor 1961 yilda Oksford universiteti olimlari to’rt haftalik ekspeditsiyaning oxirgi kunida duch kelishgan edi. Shuncha vaqt o’tib, mazkur jonivor ilk bor kameraga tushib qoldi.

Mashaqqatli sayohat oxirida biolog Jeyms Kempton 80 dan ortiq masofadan tasvirga oladigan videokameralardan olingan so’nggi xotira kartasida o’rmon chakalakzorlari bo’ylab yurgan kichik jonivorning tasvirini topdi.

Olimlar shu tariqa sutemizuvchilarning noyob turini aniqlashdi.

Mazkur turga oid qancha jonivor saqlanib qolgani hozircha ma’lum emas.

Ekzotik hayvonning umurtqasi tipratikannikiga, tumshug’i chumolixo’rga, oyoqlari esa krotnikiga o’xshab ketadi.

“Bu hayvonlarning boshqa sutemizuvchilarga o’xshamasligining sababi shundaki, ular 200 million yil avval boshqa sutemizuvchilardan ajralib chiqqan tuxum qo’yuvchi hayvonlarning monotrem guruhiga mansub”, deydi biolog Kempton.

Exidnaning boshqa turlari Avstraliyada uchraydi.

Olimlar Attenboro yexidnasidan tashqari, hasharotlar va qurbaqalarning yangi turlarini ham kashf etishdi, deb xabar beradi korrespondent.net.