Beshinchi avlod yengil qiruvchi Su-75 “Checkmate”ning birinchi prototipi 2025 yil oxirigacha yaratiladi.
Bu haqda RF sanoat va savdo vaziri Manturov ma’lum qildi.
Xorijiy mijozlar ushbu samolyotni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Loyiha ularning istaklarini inobatga olgan holda tuziladi. Uni ishlab chiqarishga tayyorgarlik allaqachon boshlangan.
Su-75 “Checkmate” qiruvchisi birinchi navbatda eksport uchun mo’ljallangan. Afrika, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasi mamlakatlari samolyotga qiziqish bildirmoqda.
Izohlarni ko`rish