Evropadagi eng keksa oq ayiq 37 yoshida vafot etdi. Bu haqida Berlin hayvonot bog’ining sayti orqali xabar berilgan, deb yozadi Esquire.
Ma’lum bo’lishicha, anchadan buyon yurak kasalligi bezovta qilgan Katyusha laqabli ayiqni veterinarlar bir necha yildan buyon davolab kelgan.
«So’nggi bir necha yil mobaynida biz unga juda e’tibor bilan g’amxo’rlik qildik. Veterinarning parvarishi va kundalik dorilar qabul qilgani sabab ham Katyusha shunday ulug’ yoshga yetib bordi. O’zining so’nggi tug’ilgan kuni, noyabrda hatto butun baliqli tortni paqqos tushirgan», — degan hayvonot bog’i rahbari Andreas Knirim.
37 ayiqlar orasidagi eng keksa yoshlardan hisoblanadi. Qayd qilinishicha, yovvoyi tabiatda ushbu hayvonlarning umr davomiyligi 25—30 yilni tashkil qiladi, ularning aksariyati esa hatto 20 yoshgacha ham bormaydi. Katyusha 1984 yil, Germaniyaning Karlsue shahrida dunyoga kelgan. Bir yil o’tganidan keyin u Berlindagi hayvonot bog’iga olib ketilgan. U o’zidan nasl qoldirmagan, shu sabab ham endilikda Berlin hayvonot bog’ida oq ayiqdan boshqa qolmagan.
Avvalroq AQShda ayiq, puma va ikki kiyik tunda aholi yashovchi uylarning biriga tashrif buyurgani haqida xabar berilgandi.