Avstraliyaning Viktoriya shtatida davlat raqami 1 bo’lgan Mercedes-AMG C 43 Estate harakatlanayotgani suratga olindi. Bu kabi raqamning narxi 2,5 million Avstraliya dollarini (1,9 million AQSh dollari) tashkil etadi, deb yozadi Motor.
Noyob davlat avtomobil raqami 1932 yilda ishlab chiqarilgan. To’liq qora peshlavhaga faqatgina Viktoriya shtatining qisqarmasi — Vic va 1 raqami tushirilgan. Ishlab chiqarilganidan so’ng, Melburndagi davlat xizmatchilari bu kabi noyob raqam kimning mashinasini bezashi lozimligi borasida kelisha olmagan. Natijada noyob raqam avtomobillarni ro’yxatdan o’tkazish departamentiga topshirilgan va 1984 yilga qadar o’sha yerda saqlangan.
Shu yili Viktoriya shtatida o’tkazilgan auksionda noma’lum xaridor qora raqamni 165 ming Avstraliya dollarga sotib olgan. Tavakkalga asoslangan xaridga qaramay, eksklyuziv raqam narxi yildan yilga qimmatlashib borgan.
Mazkur davlat raqami birinchi bor Saab 9000 Turbo’ga «taqilgan». Undan keyin esa noyob tablichka Ferrari, Rolls-Royce, Porsche 911 Turbo va 911 Carrera, shuningdek, Mercedes-Benz E 55 AMG va E 63 AMG’ni bezagan. Hozirgi xaridor esa 1 davlat raqami belgisini Mercedes-AMG C 43 Estate’ga o’rnatgan. 80 yillik tarixga ega noyob raqamni xarid qilish uchun xaridor qariyb 2 million AQSh dollari to’lagan.