“Avatar: Suv yo'li” kino tarixidagi eng kassabop filmlar reytingida 4-o'ringa ko'tarildi

Amerikalik kinorejissyor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan “Avatar: Suv yo’li” filmi kino tarixidagi eng kassabop loyihalar reytingida 4-o’ringa ko’tarildi. Ayni vaqtda uning jahon kinoprokatidan olgan daromadi 2,075 milliard AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Eng kassabop loyihalar reytingidagi kuchli uchtalikning ikkita o’rnini Kemeronning filmlari – «Avatar» va «Titanik» egallab turibdi.

“Avatar: Suv yo’li” reytingdagi to’rtinchi o’rinni band etganidan so’ng uning avvalgi «egasi» – Jey Jey Abramsning “Yulduzlar jangi: Kuchning uyg’onishi” filmi (2,069 mlrd dollar) beshinchi o’ringa tushib qolgan.