Kanadalik kinorejissyor Jeyms Kemeron tomonidan suratga olingan «Avatar: Suv yo’li» filmi jahon kinoprokatidan 1,538 milliard dollar miqdorida daromad olib, tarixdagi eng kassabop filmlar reytingidagi uchinchi o’ringa ko’tarildi. Ekran asari shu tariqa «Titanik» filmini ortda qoldirgan.
Ayni vaqtda reytingdagi birinchi o’rin 2,1 milliard dollarlik ko’rsatkich bilan «Avatar» filmi, ikkinchi o’rin esa 1,9 milliard daromad ko’rsatkichi bilan «Qasoskorlar: Intiho» filmlariga tegishli bo’lib turibdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, «Avatar: Suv yo’li» filmi Xitoy kinoteatrlaridagi namoyishdan 240,6 million, Fransiyadan 141,5 million, Germaniyadagi namoyishlardan 130,7 million dollar miqdorida daromad olgan.
Izohlarni ko`rish