Do’ner yoki Do’ner kabob tarixan birinchi marta 19-asrda Usmoniy Turklar Imperiyasida ko’rilgan, ammo kichik o’zgarishlar orqali boshqa davlatlar bu ta’mni vaqt o’tishi bilan taqlid qilib, hozirgi kunga olib kelishgan: Suriya va Arab davlatlarida Shaurma, Gretsiyada Giro, Meksikada esa Tako. Norasmiy ravishda vatani o’laroq Turkiyaning Hatay viloyati deb bilingan ushbu mazali taomni quyidagicha ta’riflashimiz mumkin: go’sht (yoki tovuq) ba’zi ziravorlar va maxsus qaylalar bilan aralashtirgandan so’ngra katta sihga terilib, tik holatda pishiriladigan mazali taomning bir turi hisoblanadi. Shu ham maqola bo’libdi-yu, deb aytmang. Yuz minglab o’rta hol odamlar va talabalarning asosiy taomi bo’lgan do’ner tez pishirilishi va iste’mol qilinishi tufayli bugungi kunda Turkiyada va chet eldagi yuz minglab shoxobchalarga yetib borgan.
Antakya va Iskenderun Do’neri Hatayda va deyarli barcha Turkiya shaharlarida “Fast food” (tez ovqatlanish) uchun ajralmas bo’lak kabidir. Hatayda: Siz hatto bolalarga burger, pissalarni taklif qilishdan oldin, “Do’ner kabob yeysizmi?” deb so’rashingiz kerak. Hataylik bir kishi boshqa do’sti bilan uchrashganda, 75% ehtimol bilan Do’ner pishiriladigan joyda uchrashadi. (25% ehtimol bilan esa uchrashuvdan so’ng Do’ner pishiriladigan joyga boradi.) Hataylik insonlar boshqa shaharga ko’chmoqchi bo’lsa ham, avvalo Do’ner pishiriladigan maskanni topadi, sinab ko’radi va iloji bo’lsa, unga yaqin joyda yashaydi, shaharni shu maskandan kelib chiqib o’rganadi. Bu qadar ehtirosni xohlasangiz narxiga, odamlarning odatiga yoki tez tayyorlanishiga qarab izohlashingiz mumkin, ammo Hatayliklarga ko’ra, hech bir taom Do’nerning ta’mini bera olmaydi. Do’nerning dunyo bo’ylab tarqalishi ham ta’mining rivojlanishiga olib keldi, shuning uchun siz haqiqiy Do’ner sevuvchidan: “Hatayda tayyorlanadigan eng yaxshi Do’ner qaerda?” deb so’ray olmaysiz. Chunki, siz oladigan javob “Iskenderun Do’nerimi yoki Antakya Do’nerimi?” tarzida bo’ladi. Gastronomiyasi jihatidan aql bovar qilmaydigan boylikka ega Hatayda faqatgina nonushta uchun ham 20 xil taom borligini inobatga olsak, Do’ner mavzusida ham farq bo’lishi muqarrar. Shunday qilib, siz Hatayning har bir burchagida turli xil lazzatni topasiz.
Antakya Do’neri
Antakya Do’neridagi asosiy farq non turi bo’lib, bundan tashqari u o’ta yupqa non (ba’zi hududlarda pishiriladigan yufka noniga o’xshash); qovurilgan kartoshka, tuzlangan bodring, ketchup yoki qo’lda tayyorlangan sarimsoqli mayonez. “Antakya Do’neri tovuq bilan tayyorlanmaydi uka!” deydiganlar ko’p. Darhaqiqat, Antakya Do’nerining yana bir keng tarqalgan turi go’shtli hisoblanib, bu Do’ner umuman boshqa qayla bilan pishiriladi. Antakyadagi ba’zi muassasalar o’ta bandligi sababli ushbu mazali Do’nerni oldindan buyurtma olib sotadilar.
Iskenderun Do’neri
Avvalo non haqida gapirib o’tish kerak. Iskenderun do’neridagi non shunchaki Turkiyaning istalgan joyida topiladigan pide noni emas. Hatay tashqarisida kafe yoki restoran ochgan odamlar bir xil nonni pishirishning imkoni bo’lmaganini, hatto Hataydan novvoy olib kelishganini ta’kidlash kerak. Iskenderun Do’neri qizdirilganda va o’ralganda sinib ketmaydigan, tishlaganda osonlikcha bo’lsa bo’ladigan yupqa, mazali nondan tayyorlanadi.
Iskenderun do’nerining noni odatda soussiz bo’ladi, lekin ba’zi joylarda mazali qaylalari bilan turli xil taomlarni tatib ko’rish mumkin. Bu Do’nerda kabobga o’xshash ta’mni sezishingiz mumkin, chunki unda piyoz bor; piyoz bilan sumak ziravori esa har bir do’ner pishiriladigan muassasada ham topilmaydi. Ba’zi muassasalar tuzlangan bodringni o’zgacha ta’m qo’shish uchun Iskenderun Do’neriga qo’yishadi. Do’ner ishqibozlari uchun har ikkala Do’ner turiga jin qalampiri, hind qalampiri va hatto Samandag’ qalampirini ham to’g’rab qo’shishadi. Ushbu taom odatda doimiy qaynab turuvchi mazali sous va achchiq Samandag’ qalampiri bilan dasturxonlarga tortiladi.