Angliyada «Titanik» sxemasi kimoshdi savdosiga qo'yildi

 

Yo’lovchi kemasi halokatini tekshirishda qo’llanilgan «Titanik»ning reja-sxemasi Henry Aldridge & Son kimoshdi savdosida 200 ming funt sterlingga (250 ming AQSh dollaridan ortiq) sotuvga qo’yildi.

Daily Mail xabariga ko’ra, auksion 22 aprel kuni Devizes shahrida (mamlakatning janubi-g’arbiy qismidagi Uilshir okrugi) bo’lib o’tadi.

Kemaning barcha xonalarining qo’lda chizilgan diagrammasi Britaniya Savdo palatasi tomonidan buyurtma qilingan. Kema halokati sabablarini aniqlagan mutaxassislarning yozuvlari mavjud. Kimoshdi savdo uyi vakili Endryu Oldridj bu lotni «Titanik fojiali hikoyasining tarixiy ahamiyatli qismi» deb atadi.

Tekshiruvdan so’ng hujjat «Titanik» egasi White Star Line kompaniyasiga qaytarildi. 2011 yilda xususiy kollektor uni 220 ming funt sterlingga sotib oldi. (275 ming dollardan ortiq). 2012 yildan beri sxema Belfast muzeyida saqlanmoqda.