Man sitting in drivers with a bottle alcohol
O’zbekistonda bu modda bo’yicha millionlab shtraf to’laganlar meni kechiring, ammo Amerikada ichib mashina haydash mumkin. Ammo qoningizda alkogol darajasi 0,08 promildan oshmasligi kerak. Lekin politsiya har bir barning tagida yoki archaning orqasida bekinib, ichganlarni poylab o’tirmaydi, odamlarning ko’pchiligi ham qonunlarga amal qilishadi, buni sizdan ham so’rab qolaman. Lekin siz o’sha kuni sal «ko’paytirib» yuborsangiz va politsiya buni aniqlasa katta shtraflar to’lashingiz va guvohnomadan ayrilib qolishingiz mumkin. Ish qamoqxonagacha borib qolishi ehtimoli mavjud.
Izohlarni ko`rish