Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O'zbekiston xalqaro mukofoti ta'sis etiladi

“Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O’zbekiston xalqaro mukofotini ta’sis etishni qo’llab-quvvatlash to’g’risida”gi Prezident qarori (PQ–286-son, 25.08.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga asosan:

YuNESKO bilan hamkorlikda sun’iy idrok sohasida odob-axloqni targ’ib etish orqali ilmiy muloqotni rag’batlantirish bo’yicha Abu Rayhon Beruniy nomidagi YuNESKO – O’zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etiladi;

Parijdagi (Fransiya) YuNESKO bosh qarorgohida 2023 yil 4–8 sentyabrda Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bag’ishlangan xalqaro ko’rgazma va tadbirlar o’tkaziladi.

Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Ko’rgazmada taqdim etish uchun dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo’lyozmalar nusxalaridan iborat Ko’rgazmaga bag’ishlangan maxsus katalog ingliz va o’zbek tillarida chop etiladi.