«Time» jurnali 2020 yilni eng yomon yil deb e’lon qildi. Bu haqda shanba kuni jurnal nashrining tvitter sahifasida ma’lum qilindi, deb yozmoqda «korrespondent.uz».
Kinotanqidchi Stefani Zaxarekning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar tarixi ancha og’ir yillarni boshidan kechirgan bo’lsada, bugungi kunda tirik odamlarning hech biri koronavirus pandemiyasidek qiyinchiliklarni boshdan kechirmagan.
«Mening kinoshunos sifatida vazifam filmlarni tomosha qilish va ularni dunyoga va hayotimizga bog’lab qo’yishdir. Agar 2020 yil antiutopik-kartina bo’lganida, uni 20 daqiqadan so’ng o’chirib qo’yishingiz aniq. Bu yil o’ylab topilgan apokalipsisdan yengilroq o’tgani yo’q. Og’riqqa to’la bo’lishdan tashqari, u kundalik hayotning bir xil o’tishi sabab bizning dushmanimizga aylandi», – deb xulosa qildi Zaxarek.