TUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Jinni mashina haydashni o’rganayotgandi. Tormoz bilan gazni almashtirib qo’yaverdi. Yo’riqchi undan so’radi:

— Vey, umringda mashina haydaganmisan o’zi?

— Yo’q.

— Mashina motori qanday ishlashini bilarsan?

— Maylimi o’zimning so’zlarim bilan aytsam?

— Ayt.

— Brum-bum-bum-bum!

 

* * *

 

Juhudnikiga soliqchilar kelishdi.

— Qani, Abram aka, uyingizdagi bor oltinlarni bizga topshiring!

— Bo’pti, sizlarga to’qson kilo oltin yetadimi?

— Ha.

— Sara-a, tillaginam, chiqaqol!

 

* * *

 

Ayiq mashina haydab ketayotib haydovchilik guvohnomasini oldirib qo’ydi. Nima qilishni bilmay bo’riga, keyin tulkiga, sher va yo’lbarslarga uchrashdi. Ular ham qancha yugurishmasin, guvohnomani militsionerlar qo’lidan olib bera olishmadi. Shunda ayiq eshakdan iltimos qildi. Eshak bir soat ichida guvohnomani ayiqning qo’liga topshirdi. Hayron qolgan ayiq so’radi:

— Qara, bo’riyam, tulkiyam, sher va yo’lbarslar ham ololmagan guvohnomani sen qanday olding?

— E, kirib borsam, u yerdagilarning hammasi o’zimiznikilar ekan.

 

* * *

 

— O’g’lim, aqlli odamlar doimo nimadandir ko’ngillari to’lmay, o’zlariga to’laqonli ishonmay yashashadi. Ahmoqlargina o’zlariga qattiq ishonib yuborishadi.

— Siz shunga ishonasizmi?

— Albatta.

 

* * *

 

— Sanitar, biz qayoqqa ketyapmiz?

— O’likxonaga.

— Axir, men o’lganim yo’q-ku!

— Biz ham hali o’likxonaga yetib kelmadik.

 

* * *

 

Qizaloq onasidan so’radi:

— Oyi, odamlar yerdan kovlab olinadimi?

— Bu gapni qaerdan olding?

— Bir amaki dadamdan: «Bu xotiningni qaerdan kovlab olgansan?» deb so’radi.

 

* * *

 

Gruzin qo’shnisidan so’radi:

— Givi, sigiring sigaret chekadimi?

— Yo’q.

— Unda bor, saroying yonyapti.

 

* * *

 

— Buvi, jazman nima degani?

— Nima desam ekan?..

Buvi kutilmaganda o’rnidan sakrab turdi-da, gilam ostidan kalitni olib shkaf eshigini ochdi. Shkafdan esa o’rta yashar yigitning skeleti pastga quladi.

 

* * *

 

— Dadasi, tug’ilgan kuningizga nima sovg’a qilay?

— Bir daqiqalik sukunat.

 

* * *

 

Juhud ayol qo’shnisidan so’radi:

— Saraxon, ering o’ldimi?

— Ha.

— Menam hayron bo’ldim. Qarasam, dafn etishayotgan ekan.