Tabassum bekati: “Odno”ga kirsangiz, tiqilib yotibdi-yu ofatijonlar!..”

Oppog’oyning o’gay onasi – malika sehrli ko’zgusidan so’rabdi:

– Men emasmi dunyoda hammadan ham ziyoda?

Shunda ko’zgu baqirib yuboribdi:

– Rosa jonga tegdingiz-ku, bekam, “odno”ga kirsangiz, tiqilib yotibdi-yu ofatijonlar! Gapim yoqmagan bo’lsa, meni sindirib tashlay qoling, hozirgi planshet va noutbuklarning yonida uyalib yashagandan ko’ra, singanim yaxshi!

* * *

Avtomaktabda dars ketmoqda. Maktab o’quvchilaridan biri instruktordan so’rabdi:⠀

— Shu gap rostmi? Ayrim ayollar mashinani erkaklardan yaxshi boshqarar emish…

Instruktor:⠀

— Yo’q, unaqa emas. Ayrim erkaklar xotinlardan battar boshqaradi mashinani.

Boltaboy Matqurbonov