* * *
Baliqchi sherigining xotinidan so’radi:
— Eringiz ko’rinmayapti. Qaerda?
— Kasalxonada. Ahvoli juda og’ir.
— Ie, bugun ovga bormaydimi?
* * *
Ikki dugona uchrashib qolishdi.
— Bilasanmi, aqlli ayolga bu dunyoda yashash juda qiyin kecharkan.
— Senga nima?
* * *
Gul do’konida.
— Yaxshi qiz, menga ikkita atirgul bering!
— Nima, boshingizga tashvish tushdimi?
— Yo’q, xotinim ikkita.
* * *
Bir ayol kursida munkaygancha o’tirgan erkakka yaqin keldi-da, so’radi:
— Ota, uzoq yashash sirini mengayam ayting!
— Vey, men kuniga uch qutidan sigaret chekaman, haftada bir quti aroq ichaman, faqat yog’li ovqatlar yeyman. Jismoniy tarbiya bilan umuman shug’ullanmayman.
— Ajoyib!.. Hozir yoshingiz nechada?
— Yigirma beshda.
* * *
Gruzin do’stinikiga kelsa, u beliga arqon boylab olibdi. Hayron bo’lib so’radi:
— Nima qilyapsan?
— O’zimni osmoqchiman.
— Ie, unda arqonni bo’yningga boylamaysanmi?
— Bo’ynimga boylasam, nafasim qaytib ketyapti.
* * *
Universitet professori imtihonda abiturientga dedi:
— Menga Jon Milton haqida gapirib bering!
— U uylangach, «Yo’qotilgan jannat» asarini yozgan. Xotini olamdan o’tgandan so’ng «Qaytarilgan jannat» asarini yaratgan.
* * *
Talaba qiz imtihon oluvchining bironta savoliga javob bera olmadi. Imtihon oluvchi hayron bo’lib so’radi:
— Qiziq, nahotki, hech narsa bilmasangiz?
— Kechiring, ustoz, men imtihon ertagamikan deb o’ylabman.
* * *
Piyonista shisha idishlar punktiga kirib so’radi:
— Viskidan bo’shagan idishniyam olasizlarmi?
— Ha, janob.
* * *
O’g’il otasidan so’radi:
— Dada, go’sht yeyish odamni qaritadimi?
— Ha, lekin go’sht yegan odam sakson yoshdan keyin qariydi.
— Go’sht yemagan-chi?
— Qirq yoshdan keyin.
* * *
Xotin eriga dedi:
— Voy, tuz polga to’kildi. Endi janjallashib qolamiz.
— Balki janjallashmasmiz?
— Yo’q, kayfiyatim tushib bo’ldi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit