* * *
Arman radiosidan so’rashdi:
— Shaxsiy hayotini o’zi istagandek qura olmaganlar nima qiladi?
— Muloqot psixologiyasi mavzusida memuar yoza boshlaydi.
* * *
Piyonistaning yangi yil bayrami ertasiga nima bilan shug’ullanishni bilmay garang bo’ladiganlarga «foydali» maslahati:
1. Suv otadigan to’pponcha sotib oling.
2. Uni suv bilan o’qlang.
3. To’pponchani og’zingizga to’g’rilang-da, o’zingizni otib tashlang!
* * *
— Do’xtir, meni kechiring!
— Nimaga?
— Siz yozib bergan vitaminlar o’rniga bir quti klofelinni ichib qo’yibman!
— Yomon bo’pti! Yomon bo’pti!
— Ishoning, bu xato boshqa qaytarilmaydi!
— Bilaman… Bilaman!
* * *
Besh yoshli bolakay va shu yoshdagi qizaloq suhbatidan:
Bolakay:
— Men seni sevaman!
Qizaloq:
— Vay, xuddi kattalardek-a?
Bolakay:
— Yo’q, rosmanasiga.
* * *
Bemor vrachdan so’radi:
— Do’xtir, bir marta yurakdan chiqarib kulish umrni 5 daqiqaga uzaytiradimi?
— Bu kimning ustidan kulishingizga bog’liq. Aksincha, 5 daqiqaga qisqartirishi ham mumkin.
* * *
Vrach bemordan so’radi:
— Bemor, uyquga ketish masalasi qanday sizda?
— Yaxshi. Uchgacha sanayman-u, uxlab qolaman.
— Bor yo’g’i uchgacha sanaysiz xolosmi?
— Nima desam ekan? Ba’zida to’rt yarimgacha sanashgayam to’g’ri keladi.
* * *
Boshliq xodimdan so’radi:
— Bir savolimga javob ber! Men ahmoqmi, senmi?
— Ochig’ini aytsam, ishxonamizdagilarning hammasi biladi. Siz ahmoqlarni hech qachon ishga qabul qilmaysiz.
* * *
Erkak qo’lida yangi changyutkich bilan uyga kirib keldi. Xotini so’radi:
— Voy, changyutkich sotib oldingizmi, dadasi?
— Yo’q.
— Unda qaerdan ola qoldingiz buni?
— Bilasanmi, bugun dugonang falonchixonni ko’rib qoluvdim. Uyiga taklif qildi. Bordim. Ichkariga kirgach, tashqari eshikni qulfladi-da, shundoq qarshimda tiz cho’kib: «Borlig’im sizniki! Borlig’im sizning ixtiyoringizda! Borlig’im faqat sizniki!», degandi. Qarasam, yo’lakda mana shu changyutkich turgan ekan. Olib kelaverdim. Ro’zg’orda asqotib qolar!
* * *
Ayol eridan so’radi:
— Jonim, meni haliyam sevasizmi?
— Azizam, seni nafaqat sevaman, hurmat ham qilaman! Keyin… Sal qo’rqaman ham!
* * *
Er:
— Xotin, shkafning ichida Qorbobo nima qilyapti?
Xotin:
— Mening tilaklarimni ro’yobga chiqaryapti!
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit