Xorijlik jinoyatchini so’roq qilish uchun sud jarayonida tarjimon xizmatidan foydalanilayotgan ekan:⠀
Prokuror:⠀
— Ayt! Pullarni qaerga berkitding?⠀
Tarjimon tarjima qilyapti:⠀
— Pullarni qaerga berkitganingni so’rashyapti.⠀
Jinoyatchi:⠀
— Aytmayman!⠀
Tarjimon:⠀
— Aytmas ekan.⠀
Prokuror:⠀
— Agar aytmasang, seni o’limga hukm qilamiz.⠀
Tarjimon tarjima qilyapti:⠀
— Aytsang-chi! Bo’lmasa, o’lasan!⠀
Jinoyatchi:⠀
— Pullarni falon joyga berkitganman.⠀
Tarjimon yana tarjima qilyapti:⠀
— O’ldiraveringlar! Aytmayman deyapti…
Qunduzxon Yakubovaning
“Facebook”dagi sahifasidan.
loading…
Izohlarni ko`rish