Kunni kulgi bilan boshlang!

Ikki kishi yo’lda ketayotsa, biri birdan xoxolab kulvoribdi.
Sherigi:
— Nega kulding, – deb so’rasa
— O’zimga o’zim latifa aytayotsam, ichidan eshitmaganim chiqib qoldi, – dermish.

***

Boyib ketish uchun 3 narsa zarur:
Aql, iste’dod va juda ko’p pul…!

***

Ona-tili darsida o’qituvchi oxirgi partada sarimsoq yeb o’tirgan boladan:
— «Ovchi miltiq o’qladi» – degan gapni kelasi zamon fe’lini topchi, – desa.
Haligi bola:
— Gumburrr-gummbuurrr, – dermish.

***

Podsho bir marosimda atoqli odamlarga to’n kiygizdi va Afandini masxara qilish uchun unga eshakning to’qimini berdi. A’yonlar qatori Afandi ham podshoni duo qilib, minnatdorchilik bildirdi, so’ng bunday dedi:
— Sizlarga shohim odamlar kiyadigan to’n berdilar, menga esa, shohona lutf-karamlar qilib, o’z kiyimlarini yechib berdilar.