Kunni kulgi bilan boshlang!

Ikki jentlmen Temza daryosi ustidagi ko’prikda turishibdi. Daryoda bir kishi cho’kyapti va baland ovozda baqirmoqda:

— Qutqaringlar! Yordam beringlar! Men suzishni bilmayman, men suzishni bilmayman!

Birinchi jentlmen ikkinchisiga murojaat qildi:

— Ser, siz suzishni bilasizmi?

— Yo’q, ser.

— Men ham bilmayman. Lekin biz butun Londonga bu haqda jar solmayapmiz-ku…

 

Rabinovich uyiga keldi-da, jilmaygancha xotiniga dedi:

— Meni ishdan bo’shatishdi!

— Men hech nimaga tushunmayapman, ishdan bo’shatishgan bo’lsa, nega buncha xursandsiz? — so’radi xotini.

— Mendan boshqa hammani qamashdi!

 

— Dada, mashinangizning kalitini olsam maylimi? — so’radi o’spirin yigitcha otasidan. — Sinfdoshlarimga narxi yuz million turadigan avtomobilda yurishimni bi-ir ko’rsatib qo’ymoqchiman.

— Mana, senga ming so’m, — javob berdi otasi, — borib avtobusga chiqqin-da, sinfdoshlaringga ikki yuz million turadigan ulovda yurishing bilan bi-ir maqtanib qo’y.

 

Ishga kechikkan xodimning tushuntirish xatidan: «Men ishga soat 8: 00 da emas, 10: 00 da keldim, chunki, baribir, 10:00 gacha hech kim biror ish qilmaydi, faqat choy ichib o’tiradi. Men esa buncha ko’p vaqt choy icholmayman».