* * *
— Dadajon, 500 so’m bering, — so’radi o’g’il.
— Menga esa ming so’m kerak, — suhbatga aralashdi qiz.
— Menga 2000 so’mcha pul yetadi, — dedi xotini.
— Bugun sizlarga nima bo’ldi o’zi? — ajablandi erkak.
— Ie, unutib qo’ydingizmi, bugun tug’ilgan kuningiz-ku!
* * *
DAN xodimi mehmonda o’tirib yig’ilganlarga dedi:
— Ishonasizlarmi, men bolaligimda qaroqchi bo’lishni orzu qilgandim!
Shunda o’tirganlardan biri unga javob qaytardi:
— Omadingiz bor ekan. Chunki, bolalikdagi orzular har doim ham ushalavermaydi.
* * *
Boyvachcha kvartira sotib olayotib so’radi:
— Bu uyda ovoz masalasi qanday eshitiladi? Shovqin bezovta qilmaydimi?
— Nimalar deyapsiz? Ilgari shu uyda yashagan odamni otib ketishgandi. Hech kim eshitgani yo’q.
* * *
Juhud do’stidan sigaretini yoqib olish uchun gugurt so’radi.
— Bermayman! — dedi do’sti.
— Ie, nega?
— Men sening bir yomon odatingni sezib qoldim. Qachon gugurt so’rab olsang, bitta gugurt donasini kamaytirib qaytarasan.
* * *
Vrach huzurida.
— Bemor, yoshingiz nechada?
— O’ttiz sakkizda.
— Chekasizmi?
— Tashlaganman.
— Ichasizmi?
— Tashlaganman.
— Begona ayollarga borib turasizmi?
— Tashlaganman.
— Unda sizga shunday tashhis qo’yamiz: JET
— U nima degani?
— Juda Erta Tashlabsiz degani.
* * *
Ona qizidan so’radi:
— Anavi tanishgan yigiting yaxshimikan?
— Albatta. Chekmaydi, ichmaydi, pulni iqtisod qiladi. Uch birday bolaning otasi.
* * *
Buvi to’rt yashar nevarasiga mashinani ko’rsatib dedi:
— Qara, bibip!
— Jinnimisiz buvi? Bu bibipmas, «Mersedes»ku!
* * *
— O’g’lim, sen ukang, yoki singilchang bo’lishini istaysanmi?
— Istamaganimda nima? Baribir endi kech.
* * *
Oshxonada idish-tovoq yuvayotgan dadasidan qizchasi so’radi:
— Dada, ikki xotinlilik nima degani?
— Bumi? Agar erkak mendan ikki baravar ko’p idish yuvsa, o’sha ikki xotinli deyiladi.
* * *
Ulug’ Vatan urushi. O’zbek chukchadan so’radi:
— Chukcha, mabodo hozir patroning tugab qolsa, nima qilarding?
— U yaramaslarni tishim… bilan yanchib tashlardim.
— Nima, tishlaring avtomatning o’q chiqadigan teshigiga sig’adi deb o’ylaysanmi?
Olimjon HAYIT tayyorladi