***
Olis qishloqda yashaydigan bir yigit sevgan qiziga turmush qurish haqida taklif kiritishga uyalib, bu ishning juda qulay usulini topdi va so’radi:
— Azizam, sen hayvonlarni yaxshi ko’rasanmi?
— Judayam!
— Unda men bilan yashayqol! Men o’taketgan hayvonman!
***
Plyajda endigina yechinib suvga tusha boshlagan ayolga militsioner kelib dedi:
— Bu yerda cho’milish taqiqlangan.
— Unda nega yechinmasimdan burun aytmadingiz shuni?
— Yechinish taqiqlanmagan.
***
Sudya sudlanuvchidan so’radi:
— Bosqinchilikni qanday amalga oshirdingiz?
— Qanaqa bosqinchilik? Ularning o’zi iltimos qilishdi!
— Kim nimani iltimos qildi?
— Qorong’ida ikki erkak menga yaqin kelib soat va paltoni yechishimni so’radi. Men soatni birining qo’lidan, paltoni ikkinchisining egnidan yechib oldim.
***
Boyvachcha do’stiga hasrat qilyapti:
— Yaqinda uch yarim ming dollarga ketvorgan televizor sotib olgandim. Mushugim ustiga sakrab buzib qo’ydi. Ta’mir uchun olti yuz dollar berdim.
— Mushukni-chi? O’ldirdingmi?
— Nega o’ldirarkanman? U ming dollar turadi bozorda.
***
E’lon:
“Masha ismli qizaloqni topib oldim. Tuvakka o’tirishni eplaydi. To’polon qilmaydi. Mehribon, saxovatli odam chiqsa, hadya qilaman. Ehtirom ila Medved!”
***
Etti yashar bola onasiga dedi:
— Qorbobodan qanday sovg’a so’rasam ekan?
Besh yashar ukasi:
— “Ayfon” smartfon so’ra!
Onasi:
— Bolalar, Qorbobo aslida yo’q, u ertak qahramoni xolos.
***
Birinchi sinfda o’qiydigan bola maktabga labi shishgan holda keldi. Muallima so’radi:
— Labingga nima qildi?
— Ari kelib qo’ngandi…
— Chaqib oldimi?
— Yo’q, chaqishga ulgurmadi. Dadam shapaloqlab o’ldirdi.
***
Kasalxonaga 20 kishini miya chayqalishi tashhisi bilan olib kelishdi. Vrach ularning biridan so’radi:
— Nima bo’ldi sizlarga? Bir-birlaring bilan mushtlashdilaringmi?
— Yo’q, hov anavi behush yotgan kalboshni ko’rdingizmi?
— Ha.
— O’shani xotini qo’lida kapgir bilan quvib kelgandi. Yaramas, qo’rqqanidan o’zini olomon ichiga urdi.
***
Bankni bosqinchilar o’marib ketdi. Boshliq temir sandiqni ochib qarasa, ikki million dollar yetmayapti. U jurnalistlarga dedi:
— “Bankdan uch million dollarni bosqinchilar o’marib ketdi”, deb yozing. Hech bo’lmasa, o’sha yaramas o’g’riga xotini janjal ko’tarib tinchlik bermaydi!
***
Besh yashar qizaloq onasiga dedi:
— Oyi, topishmoq. “Dzin-dzin, miyov, miyov!” Bu nima?
— Tramvay mushukni bosib ketdi.
— To’g’ri. Endi “Dzin-dzin, vov-vov-vov!”. Bu nima?
— Tramvay itni bosib ketdi.
— Yo’q, topolmadingiz. Bu dadam ishdan keldi degani.
Olimjon HAYIT tayyorladi