* * *
Yo’lovchi tashuvchi samolyot qulab tushgach, qora qutidan quyidagi yozuvni topishdi:
— Ko’rdingmi, men zo’r qulatarmikanman?
* * *
Tanishuv e’loni:
— Semizlikdan qiynalayotgan erkak ovqat tayyorlashni bilmaydigan ayolni izlamoqda.
* * *
Muallim:
— Eshmat, alfavitning birinchi harfini ayt!
Eshmat sinfdoshlarga qaradi. Ular rozetkaga ikki barmog’ini tiqishni maslahat berishdi. Eshmat bolalar aytganidek ikki barmog’ini rozetkaga tiqdi-yu, shu zahoti baqirib yubordi:
— Aaaaaa!!!
Muallim:
— To’g’ri aytding, o’tir, bahoing «besh»!
* * *
Erkak oltin baliq tutib oldi. Baliq undan so’radi:
— Nima tilaging bor?
— Men qaynoq nuqtalarda urush tugatilishini istayman.
— Uf-f… Bu qiyin masala-da! Kel, boshqa tilak tilay qolgin!
— Bo’pti, xotinim go’zal ayolga aylanib qolishini istayman.
— Og’ayni, kel, globusni menga ber, o’sha qaynoq nuqtalarni topa qolaylik!
* * *
— Siz soat oltida uyg’ondingizmi? Uyquga to’ymadingizmi? Karavotingizda yana bir soatgina yotgingiz keldimi? Lekin ishga borishingiz zarur, shundaymi? Buning qo’rqinchli joyi yo’q. «Dilxush» gazetasini varaqlab o’z ismingizni toping. Topolmadingizmi? Unda turing-da, ishga jo’nang!
* * *
Erkak do’konga kelib qo’g’irchoq Barbi sotib olmoqchi bo’lgandi, sotuvchi tushuntira ketdi:
— Mana bu Barbimiz malika. 15 dollar turadi. Manavinisi oilasi bilan ajrashgan Barbi. 100 dollar turadi.
— Nega buncha qimmat?
— Ie, o’ziga qo’shib uy, mashina, vertolyot ham beriladi.
* * *
Til-adabiyot muallimi gapiradigan to’ti sotib oldi. Ertasi kuni qushlar do’koniga qaytib keldi-da, dedi:
— Uzr, kecha menga sotgan to’tiqushingiz juda bema’ni ekan.
— Nega? So’kinarkanmi?
— Yo’q, gapdagi ba’zi fe’llarni topishga qiynalyapti.
* * *
— Ko’rinib turibdiki, siz begona ayollar bilan tez-tez uchrashib turarkansiz.
— Nahotki, sezilgan bo’lsa?
— Ha, yomg’irpo’shni juda chiroyli taxladingiz.
* * *
Ona qiziga dedi:
— Qizim, erni aqlni ishlatib tanlash kerak. Mana, dadangni misol qilib keltiray. Qo’lidan hamma ish keladi. Mashina deysanmi, elektrmi, santexnika jihozlari, uy jihozlari deysanmi, hammasini boplab ta’mirlab qo’ya oladi. Agar senam dadangga o’xshagan er topsang, shuni yaxshi bilki, umringning oxirigachayam uyingga yangi jihoz kelmaydi!
* * *
Televizor orqali futbol tomosha qilayotgan erdan xotini so’radi:
— Nega hov anavi tomoshabinni yonidagilar bo’ralab so’kdi?
— U hakamga shisha irg’itgandi.
— Otgan shishasi tegmadi-ku!
— Shuning uchun ham so’kishyapti-da!
Olimjon HAYIT tayyorladi