* * *
Muallima o’quvchilarga dedi:
— Keyingi darsimiz «Odam miyasining tuzilishi» deb nomlanadi. Hamma ertaga uyidan bolg’a va yod olib kelsin!
* * *
Sharhlovchi:
— Bizning jamoamiz a’zosi raqiblar darvozasiga afsonaviy, ajoyib gol kiritdi. Ular esa uchta tasodifiy gol bilangina javob qaytara olishdi xolos.
* * *
Katta puli bilan katmon yo’qolib qoldi. Katmon egasi cho’ntaklarini titkilayapti. Xotini so’radi:
— Shimingizning cho’ntaklariniyam qaradingizmi?
— Ha.
— Kostyumni-chi?
— Uniyam titkilab tashladim.
— Ichki cho’ntaklarini-chi?
— Yo’q.
— Nega?
— Agar qarasam-u, u yerdayam bo’lmasa, naq infarktga uchrayman.
* * *
— Bemor, sizning rentgen qog’ozingizni yana bir karra tekshirib ko’rib bildimki, jiddiy xatoga yo’l qo’yilibdi.
— Nahotki, do’xtir?
— Ha, juda jiddiy.
Bemor bu gapni eshitib hushidan ketdi. Hushiga kelgach, vrach dedi:
— Nega qo’rqib ketdingiz. Siz boshqa manzilda yasharkansiz. Sizga boshqa poliklinika xizmat ko’rsatishi lozim.
* * *
Ayol eriga dedi:
— Qarang, sochimni kaltagina qilib qirqtirib oldim. Endi kampirga o’xshamabmanmi?
— Ha, endi cholga o’xshabsan.
* * *
— Azizam, men hayotda faqat birgina aqlli ayolni bilaman.
— Kim ekan u ayol?
— Senda, jinni!
* * *
— Qizlar! Aytishlaricha, erkaklar ko’zlari bilan sevarmish!
— Voy, unda men ham erimni ko’z do’xtiriga olib borsam bo’larkan.
* * *
Er-xotin «erkaklardagi do’stlik kuchlimi, ayollardagimi?, degan mavzuda bahslashishyapti. Bahs oxiriga yetgach, sinab ko’rmoqchi bo’lishdi va birinchi bo’lib xotin erining do’stiga qo’ng’iroq qildi:
— Allo! Erim sizning yoningizdami?
— Ha, yonimda edi. Hozirgina do’konga chiqib ketdi.
Shundan so’ng er xotinining dugonasiga qo’ng’iroq qildi:
— Allo! Bizning pari siznikidami? Vey, qachongacha laqillashasizlar? Kela qolmaydimi endi uyga?
Xotinining dugonasi bir muddat o’ylanib turgach, dedi:
— Aka, sizga necha marta aytganman, axir, o’sha yaramasga uylanmang deb?!
* * *
Ziqna va xasis erkak bor ovozda baqirdi:
— E, elektrdan qarzingni to’lamasang, o’chirib ketamiz deb qo’rqitishadi-ya!.. Men-chi, kompyuterdan ham, televizordan ham sham yorug’ida foydalanaman!
* * *
Er uyga otilib kirib baqirdi:
— Xotin! Uy yonyapti! Avval nimani olib chiqay?
Shu payt qaerdandir ovoz keldi:
— Shkafni!
— Kim bu gapirayotgan?
— Biz, paltolarmiz!