Kun kulgisi

* * *

Bolakay onasidan so’rabdi:

— Nega dengizning suvi sho’r?

Onasi debdi:

— Baliqlar aynib qolmasligi uchun tuzlab qo’yishgan, bolam…

* * *

O’g’lim bu yil birinchi sinf­ga chiqadi. Maktab bozoriga borib, hamma zarur narsalarni xarid qildik — ruchka, daftar, kitob, kamar, valerianka.

* * *

Kunlarning birida Afandi xotiniga dedi:

— Men majlisga boraman, kech qolsam kerak, darvozani berkitib yotaveringlar.

— Yaxshi, siz kelguncha zerikib o’tirmay, teatrga bora qolaman, – dedi xotini.

— Nima, teatrga? Kim bilan?

— Albatta, majlisga bormagan odam bilan-da!

* * *

Bir odam «Zaporojes» mashinasini servisga olib kelib, ustaga debdi:

— Mashinamga titan disklar qo’ydirmoqchi edim.

— Bir million bo’ladi.

— Yana «Ferrari»ni motorini ham.

— Besh million to’laysiz.

— Tyuning o’rnatib bersangiz, ichidan va tashqaridan!

— Uch million qo’shasiz.

Mashina egasi hayron bo’lib debdi:

— Hazillashyapsizmi?!

Usta:

— Siz birinchi boshladingiz-ku hazilni.

* * *

Afandidan so’radilar:

— Dunyoda nimaning terisi qalin?

— Timsoh, fil, tuyaning terisi.

— Ulardan ham qalinrog’i bormi?

— Chayqovchi, dangasa va xushomadgo’ylarning terisi ularnikidan ham qalinroq.

* * *

Afandi bir idoraga ishga kirmoqchi bo’lib borgan edi, uning boshlig’i «erta keling, indin keling» deb juda ko’p sarson qildi. Afandi bu ishdan umidini uzib, o’sha idora yonidagi sartaroshxonaga kirib, ishlay boshladi. Bir kuni idora boshlig’i kirib, Afandiga soch oldirmoqchi bo’ldi. Afandi uning sochining yarmini oldi-da:

— Turing, qolganiga ertaga keling! – dedi.

* * *

Asfalt kavlayotgan ishchidan yo’lovchi so’radi:

— Qanday qilib shunday shovqinga chidaysiz-a?

— E, bu hech gap emas! Men bir necha yil boshlang’ich sinflarga dars berganman.

* * *

Sotuvchi xaridordan so’radi:

— Kecha o’g’lingiz qimmatbaho mollardan olgan edi, siz namuncha arzonini tanlaysiz?

— O’g’limning otasi bor, men esa g’irt yetimman, — dedi xaridor.