— Kechirasiz, gazetangizga itim yo’qolib qolganligi to’g’risida e’lon bersam bo’ladimi ?
— Albatta. Aniq qilib ayting, qanday belgilari bor?
— Bo’yi o’rtacha, rangi shokolad rangida. San’atkorona huradi.
* * *
— Yana maktabga bormabsan-ku, Qodirjon?
— E, dangasalik bilan rosa kurashdim. Shunaqa kurashdimki, uni yengib, qarasam, maktabga borishimga kuchim qolmadi…
* * *
Chol dengizga qarmoq tashlab oltin baliq tutib oldi.
— Tila tilagingni, otaxon? — so’radi baliq.
— Yangi xotin beraqol?! Pushkinning ertagini o’qiganman, nima bilan tugashini bilaman.
* * *
— Do’xtir, ayting-chi, tishni og’riqni qoldiradigan dorisiz ham sug’ursa bo’ladimi?
— Bo’ladi! Qaniydi hamma bemorlar ham sizga o’xshab dovyurak bo’lishsa! Qani, kresloga o’tiring!
— Hozir, bir daqiqa. Onasi, qo’rqma, kiraver, do’xtir bilan o’zim gaplashib qo’ydim!
* * *
Ikki mast mashinada ketishyapti:
— Tormozni bos! Hozir chapga burilaman!
— Esing joyidami, rul senda-ku.
* * *
— Yaxshi qiz, to’xtang!
— Tinchlikmi? Nima deysiz?
— Mabodo avtobusda soyaboningiz qolib ketmadimi?
— Voy, qopti. Rahmat sizga!
— Unda tezroq choping, hozir avtobus ketib qoladi.
* * *
Etikdo’z yozuvchidan so’radi:
— Kitoblaringizda yozilgan hamma gaplaringizga o’zingiz amal qilasizmi?
— Siz-chi? O’zingiz tikkan tuflilarning hammasini kiyib yurasizmi?
* * *
O’qituvchi:
— Qani, Bahodir, birorta qisqaroq gap tuzgin-chi!
Bahodir:
— “Olapar qattiq vovulladi”.
O’qituvchi:
— Yanayam qisqaroq bo’lsin!
Bahodir:
— “Vov“.
* * *
— Kecha sizning do’koningizdan mana bu paltoni sotib olgandim. Uni almashtirmoqchiman, xotinimga yoqmadi.
— Axir bu ajoyib palto-ku. Yaxshisi, bunga aqli yetmagan xotiningizni almashtiring!