— Biznesimning omad kaliti yulduzlarning yaxshi joylashganida, — debdi bir boy yigit.
— Qanaqa yulduzlarning joylashishi? — so’rabdi do’stlari hayron bo’lib.
— Dadamning yelkasidagi yulduzchalarni aytyapman! — degan ekan yigit.
* * *
Futbol o’yini vaqtida sharhlovchi:
— Xavfli vaziyat, hujumchi to’p bilan bormoqda, darvoza himoyasiz qolgan, darvozabon bilan yakkama-yakka va zarba! Voh, yaqin orada darvozabon bunaqa tepki yemagandi!
* * *
— Eringizga mutloq tinchlik kerak. Uning asablari charchagan. Mana tinchlantiruvchi dori.
— Unga qachon ichiray?
— Meni noto’g’ri tushundingiz. Dori siz uchun!
* * *
Bir qiz dugonasini ko’chada uchratib qolibdi.
— Ha, dugonajon, nima bo’ldi, kayfiyating yo’q?
— E, gapirma, judayam semirib ketyapman!
— Ozg’in paytingda tushgan suratlaring bormi?
— Ha, nima edi?
— O’sha suratlarni ehtiyot qilib saqlab qo’y! Kayfiyatingni tushirma, hech bo’lmasa, suratlaring bor ekan-ku!
* * *
Yangi uylangan o’g’il va ona suhbati.
— Bu kelin juda yomon ekan!
— Unaqa demang, oyi. Bunaqa kelinni yana qaerdan topasiz?!
— Jinnixonadan!
* * *
Oddiy baliq tilla baliqqa turmushga chiqibdi.
— Endi bizning baliqchalarimiz tilla bo’lishadimi? – so’rabdi oddiy baliq erkak baliqdan.
— Yo’q, — debdi tilla baliq.
— Nega axir? Siz tilla baliqsiz-ku?! — desa, erkak baliq:
— Chunki mening onam tilla baliq bo’lgan, otam emas, — degan ekan.