* * *
Qimorboz avtobus bekatida turgancha yonidagi o’smirga so’z qotdi:
— Qiziq zamonlar bo’ldi-da!.. Hozirgi yoshlar turmush o’rtog’ini kompyuter yordamida qidirib topayotganmish.
— O’zingiz-chi? Kennoyimni qanday topgansiz?
— Menmi?.. Uni qartada yutib olganman.
* * *
Erkak do’stiga maqtanyapti:
— Kecha zo’r ish qildim. Shartta boshliqning xonasiga kirib bordim-da, stoliga mushtladim.
— Keyin-chi?
— Shu ishni zap vaqtida qilibman. Sal o’tib boshliq safardan qaytib keldi.
* * *
Yigit zargarlik do’koniga kirgach, sotuvchi unga dedi:
— Do’konimizga xush kelibsiz! Mana, bizda turli ko’rinishdagi tilla taqinchoqlar bor. Yigirma foiz chegirmasi bilan sotamiz. Ishonamanki, sevgan qizingizga juda yoqib tushadi.
— Mening sevgan qizim yo’q.
— Voy, nega sizday kelishgan yigitning sevgan qizi yo’q?
Yigit (xomush tortib):
— Xotinim ruxsat bermaydi.
* * *
Bolalar bog’chasida. Qizaloq bolakaydan so’radi:
— Yangi yilda kim bo’lasan?
— Shrek.
— Niqobini olib berishdimi?
— Ha. O’zing kim bo’lasan?
— Sohibjamol.
— Niqobini olib berishdimi?
* * *
Ikki ekstrasens uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan so’radi:
— Xo’sh, mening ishlarim qalay?
* * *
Erkak yaqin do’stini o’ttiz yildan so’ng uchratib qoldi. Uning o’nta farzandi borligini ko’rgach, so’radi:
— Sen xotining bilan juda baxtli yashayotgan bo’lsang kerak-a?
— Bu nima deganing? Xudoning bergan kuni menga baqirgani baqirgan. Ochig’ini aytsam, undan juda qo’rqaman.
— Unda nega shuncha bola orttirding?
— Bolalarning orasiga berkinib olish qulay-da!
* * *
Avtobus bekatidagi e’londan:
«Biz e’lon ko’chiruvchilarni e’lon ko’chirish vazifasiga ishga qabul qilish haqidagi e’lonlarni ko’chirish uchun e’lon ko’chiruvchilikka ishga qabul qilamiz».
* * *
Pashshalar buqa bilan mushtlashishayotgandi. Mushtlasha-mushtlasha oxiri bir pashsha ikki metr nariga uchib ketdi-da, buqaga baqirdi:
— Vey, mushtlashsang, halol mushtlashgin-da! Nega ko’krakka tepasan, nomard?
* * *
Qari juhud qo’shnisiga dedi:
— Qanday kunlarga qoldik-a! Benzin yana qimmatlashibdi-ya!
— Sizga nima? Baribir mashinangiz yo’q-ku!
— Ie, «zajigalkam-chi?
* * *
Yigit qizga dedi:
— Turmush qursak, ko’-o’p pul ishlab topamiz-da, dengiz bo’ylariga dam olish uchun boramiz. Va bitta yaxtani ijaraga olib to’lqinlar osha maza qilib sayohat qilamiz.
Shu payt qizning ko’ngli behuzur bo’la boshladi.
Yigit:
— Senga nima bo’ldi?
— To’lqin juda kuchli ekan. Balanddan-pastga tushayotib boshim aylanib ketdi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi «Telegramm» dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t. me/olimjonhayit