Kun kulgisi

Erkak do’stiga dedi:
— Kecha kechqurun kelayotsam, yo’l chetida qurbaqa yotibdi. Rahmim kelib uyga olib keldim. Uxlashga yotayotib uni yonimga yotqizdim. Ertalab uyg’onsam qurbaqa malikaga aylanib qolibdi. Ishonasanmi do’stim?
— Ha ishonaman.
— Negadir xotinim ishonmayapti.
— Menda-yam shunaqa bo’lgandi-da…

***

— Ada ayting-chi, bir million, bu ko’pmi yoki kam?
— O’g’lim, buncha pulni ishlab topmoqchimisan yoki sarflamoqchimisan? Shunga bog’liq!

***

40 dan 80 gacha bo’lgan istalgan juft sonni tanlang. Uni 3 ga ko’paytiring. Keyin undan 11 sonini ayiring, so’ng 17 ni qo’shing va 2 ga bo’ling. Endi ko’zlaringizni yuming. Qop-qorong’u, shunday emasmi?

***

Kasalxonada yotgan ikki erkak suhbatlashayotib:
— Siz kasalxonaga qanday tushib qoldingiz?
— Tomdan yiqilib tushdim.
— Ming la’nat! Sen ekansan-da meni boshimga tushgan!!!