Kun kulgisi

Yo’l patrul xizmati xodimi «Mersedes»ni to’xtatdi.

— Siz ichgansiz. Qani, kuh deng-chi!

Haydovchi buning o’rniga bitta yuztalik dollar chiqardi.

— Negadir tushunmadim. Yana bir marta kuhlang!

Haydovchi bitta elliktalik chiqardi.

— Yo’q, bunisi o’xshamadi. Birinchisiday kuhlang!

***

Muallim:

— Xo’sh, Toshmatvoy, ikki karra ikki necha bo’ladi?

— Men sinoptik emasman, ustoz! Bo’laversin, ko’rarmiz!

***

Sudya sudlanuvchidan so’radi:

— Aybdor emasligingizni isbotlay olasizmi?

— Ha, menga muddat bering!

— Yaxshi, sizga yetti yil muddat beraman.

***

Ko’z qorachig’iga qarab kasalga tashhis qo’yadigan tabibning huzuriga bir yigit kelib dedi:

—      Do’xtir, mening kasalim nima?

Tabib uning chap ko’ziga qarab javob qildi:

—      Siz infarktga uchragansiz, oshqozoningizda yara paydo bo’lgan, anginangiz surunkaliga aylangan.

— Do’xtir, o’ng ko’zimga qarab tekshiring, chapi sun’iy!