* * *
— Qiz dugonasiga dedi:
— Anavi yigit iflos ekan. Kecha yarim tungacha menga tegajog’liq qilaverib jonimdan to’ydirdi.
— Sen haqsan, dugonajon! Rostdanam iflos ekan u! Senga tegajog’lik qildi-yu, menga qarab ham qo’ymadi iflos!
* * *
Nabira bobodan so’radi:
— Bobo, siz yoshlikda qaerda o’tirgansiz? «Feysbuk»dami, «Odno»dami?
— E, bolam, men yoshlikda sinfdosh qizga shilqimlik qilganim uchun zindonda o’tirganman.
* * *
Yigit:
— Men seni sevaman!
Qiz:
— Xo’sh, nima qilay shunga? Yig’layinmi?
Yigit:
— Yig’lashing shartmas. Hech bo’lmasa hamdardlik bildirib qo’ygi-in!
* * *
Geografiya muallimi 5- sinf o’quvchisidan so’radi:
— Xo’sh, Panama kanali haqida nimalarni bilasan?
— Hech narsa bilmayman. Bizning televizorda Panama degan kanal yo’q.
* * *
Erkakdan so’rashdi:
— «Chechetka» raqsini qotirib qo’ydingiz? Qaerda o’rgangansiz bunday chiroyli raqs tushishni?
— Uyimizda. Biz oilada 15 farzand edik… Tuvagimiz esa… Bittaginaydi.
* * *
Tish do’xtiri zarda bilan kabinetidan chiqdi-da, uyoqdan-buyoqqa asabiy borib kela boshladi. Hamshira undan so’radi:
— Nima bo’ldi?
— Ahvol juda og’ir! Anavi… Mijozning puli judayam ko’p ekan. Ammo hamma tishlari sog’lom chiqib qoldi.
* * *
Jajji qizaloq buvisidan so’radi:
— Buvijon, qachon qiz bola katta qiz bo’ladi?
— Uni oshxonaga ovqatlanish uchunmas, ovqat pishirish uchun chaqira boshlashganda.
* * *
Qalin o’rmonda tulki chopib borardi. Shu tobda daraxt shoxida pishloq tishlab turgan qarg’aga ko’zi tushdi va so’radi:
— Qarg’a, Arslonboy majlis chaqiribdi, borasanmi?
— Yo’-o’q!..
Shu zahoti og’zidagi pishloq yerga tushdi va tulki ilib ketdi. Qarg’a bo’lsa, bosh qashigancha o’ylardi:
— Basharti «ha» desam, biror nima o’zgarib qolarmidi?!.
* * *
Do’kon sotuvchisi olti yashar boladan so’radi:
— Bolam, senga uyingdagilar haqiqatan to’rt kilo shokolad, ikki yuz gramm kartoshka opkel deb tayinlashdimi?
* * *
Gazeta tahririyatiga kelgan maktubdan:
— Hurmatli tahririyat xodimlari! Aytinglar, Qorbobo o’zi bor mavjudotmi, yo yo’qmi? Onamdan so’rasam, bor deydi, xotinimdan so’rasam, yo’q deydi. Qay biriga ishonsam bo’ladi?
Olimjon HAYIT tayyorladi
Olimjon Hayitning turli mavzulardagi xabarlari, maqolalari, hikoyalari endi “Telegramm” dagi alohida kanalda! Bizga qo’shiling, afsuslanmaysiz!
t.me/olimjonhayit