***
Armandan so’rashdi:
— Nega xudo mushuklarni qorong’ida ham yaxshi ko’radigan qilib yaratgan?
— Chunki chiroq yoqib-o’chiriladigan tugmachaga mushuklarning bo’yi yetmaydi.
***
Umrida birinchi marotaba parashyutdan sakrash arafasida turgan askar starshinadan so’radi:
— Agar osmonda parashyutim ochilmay qolsa, nima bo’ladi?
— Parashyutni taxlagan omborchi askar ikki oygacha maoshdan mahrum etiladi.
***
Telefon jiringladi. Yigit go’shakni ko’tardi.
— Allo! Kimsiz?
— Biz “Lotto” lotoreya o’yini firmasidan bezovta qilyapmiz. Falon-falon raqamli lotoreya siznikimidi?
— Nimaydi?
— Falonchi falonchiyev siz bo’lasizmi?
— Ha, men.
— Hurmatli mijoz, siz so’nggi lotoreya o’yinimizda bosh sovrin hisoblangan lo’li bolani yutib oldingiz. Agar yetti kun ichida yutuqni olib ketmasangiz, uni urug’-aymog’i bilan qo’shib uyingizga olib borishga majbur bo’lamiz!
***
Ikki do’st janjallashyapti:
— Sen do’st emas, yaramas ekansan! Ko’nglim qoldi sendan! Ishon, hatto janozanggayam kelmayman!
— Men bo’lsam, sening janozangga kelaman.
***
Restoranda xo’randalardan biri qichqirdi:
— Anavi odam ovqatga tiqilib qoldi! Hozir o’lib qolishi mumkin! Vrach bormi-yo’qmi bu restoranda?
Ofitsiant uning qichqirig’iga javoban chopib keldi-da, baqirdi:
— Vrach? Vrach restoranga kirish uchun pulni qaerdan oladi?!!
***
Jurnalist jurnalistga dedi:
— Yur, bizam bi-ir restoranga boramiz!
— Yo’q, men parhezdaman.
— Parhez? Qanaqa parhez?
— “Moliyaviy taqchillik” degan parhez.
***
Tarix va kelajakdagi ba’zi o’xshashliklar:
1941 yil. “Raykom” yopiq. Hamma frontga ketgan.”
2017 yil. “Maktab yopiq. Hamma biznes qilishga ketgan.”
***
Professor talabaga dedi:
— Yana mening leksiyamga kela boshlaganingizdan juda xursandman!
— Ha-a, kursdoshlarning aytishicha, shu auditoriyada pokemonlar ko’pmish.
***
Nabira bobodan so’radi:
— Bobo, buvim bilan qaerda tanishgansiz?
— Internetda.
— Yo’g’-e, sizning davringizda internet bo’lmagan-ku!
— Menga qara, qaysi buvingni nazarda tutyapsan o’zi?
***
Angliyalik lord qasriga keldi. Xizmatkor eshikni ochdi-da, lord ichkariga kirishi bilan dedi:
— Ha, piyonista, qari eshak, yana molday ichdingmi?
— Yo’q, Jon, ichganim yo’q, dorixonaga kirib qulog’imga eshitish moslamasini xarid qildim.