KUN KULGISI !!!

* * *

— Bilasanmi, GAI xodimlari keyingi paytda umuman hushtak chalmaydigan bo’lib qolishdi.

— Uyalishayaptimikan?

— Yo’q, “hushtak chalsa, cho’ntakka pul tushmaydi” degan aqidaga amal qilishayapti.

***

“Rahmat”ga kim qanday javob qaytaradi?

Rossiyada: — Rahmatni cho’ntakka solib bo’lmaydi.

Isroilda: — Rahmatni kassa qabul qilmaydi.

O’rta Osiyoda: — Rahmatni nonga o’rab yeb bo’lmaydi.

Xitoyda: — Rahmatni tayoqchaga ilib yeyolmaysan.

***

Savol:

— Qaysi jonivor kun bo’yi o’zining sakson kilolik vaznini 3 grammgacha o’zgartira oladi?

Javob:

— Er.

Savol:

— Nega?

Javob:

— Xotini ertalab uni “Tura qoling, timsohim!”, deb uyg’otadi. Tushda tovoqdagi ovqatni oldiga taq etib qo’yib, “E it!”, deya kesatadi. Kechqurun esa, erkalanib “Kela qoling, sichqoncham!” deya o’ziga tortadi.

***

Agar er xotiniga “Yo’q” deb javob qilsa, savol taxminan “Kompyuterdan bosh ko’tarasizmi-yo’qmi?” ma’nosida berilgan. Agar er “Bilganingni qil!” degan javobni aytsa, demak, xotini taxminan “Sochimni sariqqa bo’yaymi, yo qoragami?” deb so’ragan. Basharti er “Ha” deb javob qilsa, xotini undan “Gaplarimni eshitayapsizmi?” deb so’ragan.

***

Jinni qo’liga ko’zgu oldi-da, tikilib turib sherigiga dedi:

— Qara, negadir manavi bashara tanish ko’rinayapti.

— Qani, ber-chi!..

Ikkinchi jinni ham ko’zguga tikilib turdi-da, qichqirdi:

— E, ahmoq, axir, bu menman-ku!

Er-xotin mashinada ketishayotgandi. Xotin kutilmaganda eriga qichqirdi:

— Mashinani orqaga qaytaring! Dazmolni o’chirishni unutibman!

— Xavotir olma, men vannadagi kranni berkitmay chiqibman!

* * *

Yigirma yil ko’rishmagan ikki dugona uchrashib qolishdi va biri ikkinchisidan so’radi:

— Xo’sh, ishlar qalay? Ahvollaring qanday?

— E, tirnog’imni sindirib qo’ydim.

* * *

Jinni poezdda ketayotib sherigiga dedi:

— Qara, mashinist qanday qilib yerosti yo’li bo’ylab poezdni boshqara olarkin?..

— Yo’lni yaxshi bilsa kerak-da!

* * *

Choyxonaga bir bolakay yugurib kirdi-da, o’tirganlardan biriga dedi:

— Ahmad amaki, sizni Ali amaki kutayapti.

— Rahmat, Peyjerjon.

* * *

Starshina askarlarni saflantirib oshxonaga olib ketayapti.

— Bir, ikki! Bir, ikki, uch!

Bir bolakay chopib kelib unga dedi:

— Amaki, men o’ngacha sanay olaman!

***

Jinni “Millioner” degan o’yinda ishtirok etayapti. Boshlovchi so’radi:

— Qanday qush o’ziga in qurmaydi?

— Kakku!

— Qaerdan bilasan?

— Chunki u buvimning soatida yashaydi.

* * *

Xotini uyga kech kelgani uchun urishavergach, er unga qarab baqirdi:

— Jim bo’l! Menga baqirma! Uxla!

— Uxlayman, lekin jim bo’lmayman!

***

Qariya og’ilxonaga kirsa, ho’tigi yig’lab o’tiribdi. Undan so’radi:

— Ho’tikvoy, nega yig’layapsan?

— Anavi sigir meni “eshshak” deb haqorat qildi.