KUN KULGISI!!!

***

Ayol eriga qo’ng’iroq qilib dedi:

— Azizim, kechiring, sizga adashib ichketarga qarshi dorining o’rniga asabni tinchlantiradigan dori ichiribman. Qalaysiz hozir?

— Nima desam ekan? Umuman… Yugurishdan to’xtaganim yo’q, ammo juda xotirjamman.

* * *

Er-xotin kvartira sotib olishdi. Ta’mirlash kerak. Xotin eriga dedi:

— Borib pastdagi qo’shnilardan so’rang-chi, kvartirani ta’mirlashganda nechta oboy ketgan ekan.

Er so’radi. Qo’shnilar 20 o’ram qozog’ ketganini aytishdi. Ular shuncha qog’ozni sotib olib kvartirani ta’mirlashdi. Lekin oltita o’ram qog’oz ortib qoldi. Jahli chiqqan er qo’shnilarga borib dedi:

— Rostini aytish qiyinmidi? Oltita o’ram ortib qoldi-ku!

Qo’shnilar:

— Bizdayam shuncha o’ram qog’oz ortib qolgandi.

* * *

Yigit ko’chada sobiq muallimasini uchratib qoldi. Muallima undan so’radi:

— Toshmatov, hozir nima ish qilayapsan?

— Metereologman, ustoz!

— Uf-f, bolaligingda rostgo’y bola eding-ku!

 

* * *

— Eshitdingmi, Toshmatvoy aka tomorqasiga judayam qo’rqinchli yog’och haykalcha qo’yib olibdi!?

— Yo’g’-e!

— Ha, haykalcha shu qadar qo’rqinchli ekanki, o’tgan yili don o’g’irlab ketgan qarg’alarning hammasi o’sha donlarni qaytarib berishibdi.

* * *

Ota o’g’lidan so’radi:

— Xo’sh, maktabda ishlar qalay?

— Zo’r! Beshinchi sinf bilan o’zaro shartnoma muddatini yana bir yilga cho’zdim!

* * *

Xotin eriga qo’ng’iroq qilayapti:

— Ishlar qalay?

— Yaxshi.

— Sog’lig’ingiz-chi?

— Yaxshi.

— Men siz bilan ajrashaman.

— Yaxshi.

* * *

Qariya tengdoshiga dedi:

— Bugun havo sovuqmi deyman?!

— Ha, lekin siz sovqotmaysiz.

— Nega?

— Chunki sigaret chekayapsiz.

— Siz ham sovqtmaysiz.

— Nimaga?

— Ko’zoynak taqib olgansiz.

* * *

E’LON:

— Azizlar! O’ttiz yoshga yetganingizda fotosalonga kirib, ¾ hajmdagi suratga tushib qo’ying…

45 yoshda pasport almashtirganingizda asqotadi.

* * *

Ikki do’st uchrashib qolishdi.

— Men qariyapman.

— Nimadan?

— Ayollarning savollaridan.

— Qanaqa savolidan?

— Ilgari ayollar mendan: “Nega uylanmayapsiz?” deb so’rashardi.

— Endi-chi?

— “Nega uylangansiz o’zi?” deb so’rashayapti.

* * *

— Do’xtir, rahmat! Meni boylik vasvasasidan xalos etdingiz! Xo’sh, xizmat haqingizga necha million so’m so’raysiz?

* * *

Juhud xotinini begona erkak bilan tutib oldi. Sudda undan so’rashdi:

— Nega o’sha erkakning peshonasiga to’pponcha tiradingiz-u, otib tashlamadingiz?

— Men to’pponchani uning boshiga tiraganimda: “Shu to’pponchang uchun qancha so’raysan” dedi. O’zingiz o’ylang, tijorat haqida gapirgan odamniyam o’ldirib bo’larkanmi.

* * *

Er teskari o’girilib kiyimini almashtirardi. Xotini yelkasi tirnalganini ko’rib so’radi:

— Yelkangizni kim tirnadi?

— E, yo’lda ketayotsam, allakimning tomidan bir mushukcha ustimga sakrasa bo’ladimi!.. O’sha mushukcha…

— To’g’ri, demak, lab bo’yog’i bilan “Sizning mushukchangiz” deb o’sha yozgan ekan-da?!.

* * *

Yigit qizga dedi:

— Yur, restoranga boramiz!

— Men, bormayman. Sizdan xafaman.

— Yura qolgin!

— Mensiz boravering.

— Qanday qilib sensiz boraman? Axir, pulim yo’q-ku!