Xotin eriga dedi:
— Ilgari yonimda bir daqiqagina o’tirsangiz ham sizdan baxtli odam bo’lmasdi!
— Hozir ham shunday!
***
Vrach bemorga dedi:
— Sizga ichish, chekish, begona ayollar bilan gaplashish taqiqlanadi.
Bemor o’zicha o’yladi: «— Xotinim qurmag’ur shu yergayam kelib ketdimi deyman?».
***
— Xotining bilan yana urishdingmi?
— Shunaqa xotin bilan urishmay bo’larkanmi? Qachon qarasa, gapimning teskarisini gapiraveradi.
— Qanaqasiga?
— Masalan, kechqurun uyga kelib: «Xayrli kech!» desam, u menga qovog’ini uyib qaraydi-da: «Xayrli tong!» deydi.
***
Er xotiniga dedi:
— Bolalarning oldida meni jinni deyaverishni bas qil! Sekin bildirmasdan ishora qilsang, o’zim tushunib olaveraman-ku!
***
Xotin eriga baqirdi:
— Hali men sizga ishonmas ekanmanmi? Voy, kechagina uyni yig’ishtirish, oshxonadagi idish-tovoqlarni yuvishni o’zingizga ishonib topshirdim-ku!