Kun kulgisi

Er:

— Bu qanaqa ovqat o’zi? Ichida go’sht umuman ko’rinmaydi-ku!

Xotin:

— Men bu ovqatni buvingiz rahmatlining taomnoma kitobi asosida tayyorlaganman.

Er:

— O’sha kitobda nima deb yozilgan ekan?

Xotin:

— «O’n tiyinga go’sht oling!» deb yozilgan.

***

O’g’il:

— Dada, menga ikki ming so’m bering!

Qiz:

— Menga ming so’m berasiz!

Xotin:

— Menga esa besh ming so’m bering!

Er:

— Nima bo’ldi? Nega hammalaring baravariga pul so’rab qoldilaring?

Xotin:

— Voy, unutdingizmi? Bugun tug’ilgan kuningiz-ku!

***

Er xotiniga dedi:

— Xuddi ahmoqlarga o’xshab gapirasan-a!

— Men siz tushunadigan qilib gapiryapman.

***

Er xotiniga dedi:

— Sen sadaqa bergan o’sha gadoy o’zini so’qirlikka solgani yo’q. Rostdan ham ko’zlari ko’rmaydi.

— Qaerdan bila qoldingiz?

— Sadaqa berganingda: «Rahmat, go’zal qiz!» dedi-ku!