* * *
— Do’stim, sen xotiningni qanday topgansan?
— Internetning sharofati bilan.
— Ie, tanishuv sayti orqalimi?
— Yo’q, modemim buzilib qolgandi, teatrga bordim. O’sha yerda tanishganman.
* * *
Talaba berilib kitob o’qirdi. O’tib ketayotgan boshqa bir talaba so’radi:
— Nima o’qiyapsan?
— Geometriya.
— Ha, men ham o’qiganman. Oxirida qahramonni o’ldirib qo’yishadi.
* * *
Qishloq. Pechka yonida o’tirgan ota o’g’lidan so’radi:
— O’g’lim, og’ilxonani yopdingmi?
— Ha.
— Devorning teshiginiyam yopdingmi? Tag’in sigir qochib chiqib ketmasin!
* * *
Ona beshinchi qavatdan turib yetti yashar o’g’liga baqirdi:
— Hoy, bolam, o’rtog’ingni hadeb do’pposlayverma! Terlab ketasan, keyin shamollaysan!
* * *
Sklerozning eng og’ir formasi begona ayolni uyingga olib kelding-u, nima maqsadda olib kelganingni unutib qo’yishdan iboratdir.
* * *
Xotin kompyuterchi eridan so’radi:
— To’yimizga bir yil to’lgan kunni eslay olasizmi?
— Ha, antivirusga olingan ruxsatnomaning muddati tugagan kunda.
* * *
Birga yashaganlariga 75 yil to’lishi munosabati bilan bayram qilayotgan chol kampiridan so’radi:
— Menga qara, 75 yil ichida biz sen bilan o’n o’g’ilni voyaga yetkazdik. Hammasi bir-biriga o’xshaydi-yu, faqat birinchisi boshqalaridan sal farq qiladi-da! Yo qachonlardir menga xiyonat qilganmisan-a?
— Chol, tan olaman, qachonlardir gunohga botganman.
— Xo’sh, birinchi o’g’lingning otasi kim?
— Siz.
* * *
— Og’ayni, guldastang zo’r-ku! Kimga atab olding?
— Sevgilimga.
— Zo’r, rosa xursand bo’lsa kerak?
— Afsuski, yo’q!
— Nega?
— Men bu guldastani uning qabriga olib ketayapman.
* * *
— Do’xtir, menga bosh og’rig’ini qoldiradigan dori yozib berishingizni so’raganimda, nega titrab ketaverdingiz?
— Chunki, men birinchi marotaba gapiradigan itga dori yozib berayapman.
* * *
Boyvachchaning xotini eriga dedi:
— Dadasi, men sizning eski, yirtilib qolgan kostyumingizni axlatga tashlab yubordim!
— Nima?.. Jinnimisan? Endi men soliq idorasiga nima kiyib boraman?
* * *
Xotin eriga dedi:
— Anavi yo’lning narigi chetidagi qo’shnilarga hech qachon yeta olmasak kerak. Qarang, ularning uyini o’g’rilar ikki marta o’marib ketishdi. Biznikiga bo’lsa, hali bir martayam o’g’ri tushgani yo’q.