KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Talaba do’stidan so’radi:

— Nima deb o’ylaysan? Men bu semestrda hech bo’lmasa bitta avtomat olamanmi?

— Olasan. Seni bu yil armiyaga olib ketishadi.

 

* * *

 

— Toshmatvoy, nega darsga kech qolding?

— Bobom yonib ketdi.

— Voy, yomon yondimi?

— Ha, krematoriyadagilar hazillashishmaydi.

 

* * *

 

— Do’xtirning aytishicha, menda tog’ chang’isi bilan shug’ullanishga qobiliyat bor ekan.

— Qanday qilib aniqladi?

— Tekshirib ko’rib aytdiki, suyaklarim sinsa ham juda tez fursatda o’sa olarkan.

 

* * *

 

Lofchi ovchilar suhbatidan:

— Mana shu pichoqni barmoqlarimga yaqin olib kelsam bas, qon tirqirab oqa boshlaydi.

— E, manavi to’pponcham yigirma chaqirim naridagi nishonni ura oladi.

— Mening itim zo’r! Idishdagi sutga suv aralashtirib qo’ysam, sutni ichadi-yu, suvni idishda qoldiradi.

 

* * *

 

— Jonim, dadamdan turmush qurishimizga ruxsat so’radingizmi?

— Ha, unga qo’ng’iroq qildim.

— Nima dedi?

— «Kimligingizni bilmadim-u, lekin roziman!» dedi.

 

* * *

 

Ikki juhud uchrashib qolishdi.

— Ishonasanmi, qallig’im menga o’zim sovg’a qilgan nikoh uzugini qaytarib berdi. Endi boshqa yigitga turmushga chiqyapti. Eh, o’sha yigitning kimligini, qaerda yashashini aniqlasaydim!..

— Nima, mushtlashmoqchimisan?

— E, yo’-o’q!.. Nikoh uzugini unga sotmoqchiman.

 

* * *

 

Yangi kelin kuyovga dedi:

— Nuqul dadam bilan qarta o’ynaganingiz o’ynagan-a!.. Ora-sirada hech bo’lmasa, bir marta men tomongayam qarab qo’ysangiz, kamayib qolasizmi?

— Menga qara, biz dadangnikiga bekorga kelganimiz yo’q-ku, axir!.. Senga qarayversam, mashinaga pulni qanday yig’ib olamiz?

 

* * *

 

Vrach bemordan so’radi:

— Uxlashdan oldin 280354 gacha sanashni maslahat bergandim. Amal qildingizmi?

— Albatta.

— Xo’sh, foyda berdimi?

— Bilmadim. Tong otib qoldi.

 

* * *

 

Bir kuni chukchaga do’stlari yangi yil sovg’asi sifatida mandarin va qizil ikra jo’natishdi. Chukcha ularga javob yozdi:

— Sovg’ani oldim, rahmat! Mandarinni maza qilib yedik! Lekin anavi qizil mevalaringni tashlab yubordim. Baliq hidi urib qolgan ekan!

 

* * *

 

Kampir dugonasiga dedi:

— Men uyimga o’g’rilar kirmasligi uchun chiqib ketayotib radio ovozini baland qo’yib ketaman.

— Men bo’lsam, eshik tepasiga quyidagi so’zlar yozilgan xat qoldiraman: «Otasi, uydagi ilonlar qafasidan chiqib ketishibdi. Yig’ib oling!»

 

* * *

 

Xotin eridan so’radi:

— Dadasi, men bilan dunyoning narigi chetiga bo’lsa ham ketarmidingiz?

— Albatta. Biz sen bilan yorug’lik tezligida ketardik. Tasavvur qil, qaytganimizda uyimiz ta’mirlab bo’lingan, bolalar katta bo’lib qolishgan… Onang esa yo’q bo’ladi!

 

* * *

 

— Dadasi, men siz bilan jiddiy gaplashib olmoqchiman.

— Bo’pti, sen boshlab turaver, men g’izillab do’konga chiqib kelaman!

 

* * *

 

Xotin:

— Ertaga biznikiga onam kelarkan.

Jimlik.

— Gapimni eshitdingizmi?

Jimlik.

— Nima, onam kelishidan xursand emasmisiz?

Jimlik.

— Mana bu boshqa gap. Jahlingiz chiqmasligini bilardim.

Og’ir xo’rsinish.

— Menga baqirmang!

 

* * *

 

Xotin:

— Siz meni hech qachon sevmagansiz. Qasam ichib aytamanki, o’lganimdan so’ng ertasi kuniyoq boshqasiga uylanib olasiz.

Er:

— Qasam ichishning nima keragi bor? Shundoq ham gapingga ishonaman.