***
Bosqinchidan sudya so’radi:
— Hayotda qanday maqsadni ko’zlab yashayapsan o’zi? Jamiyat uchun nima foyda keltiryapsan-a?
— Bu nima deganingiz? Men militsiya va sudyalarni ish bilan ta’minlayapman!
***
— Salom! Yazvangiz qalay?
— Bir haftaga onasinikiga ketdi!
***
— Dugonajon, nega itingga “Eshshak” deb laqab qo’yding?
— Chunki uni ko’chada “Eshshak” deb chaqirsam, hamma erkaklar men tomonga burilib qarashadi.
***
— O’g’lim, nega qurbaqani o’ldirding? Axir, onasi uning o’lganini ko’rsa yig’laydi-ku!
— Yig’lamaydi.
— Qaerdan bilasan?
— Onasiniyam o’ldirib bo’lganman.
***
Kimyo o’qituvchisi do’stlariga maqtanyapti:
— Bugun ikki yashar o’g’lim birinchi marta gapirdi.
— Nima dedi?
— Paraaminoarsenbenzolgidroxlorid!
***
— Yaxshi yigit, soat sotib oling! Bu-chi, Shveysariya soatlarining asl nusxasi hisoblanadi, ha!
— Shunaqami? Bering unda!.. Mana, bu pullar ham o’zimizdagi pullarning asl nusxasi hisoblanadi.
***
Bolakay arvohlar bilan gaplasha oladigan folbinga dedi:
— Men bobomning ruhi bilan gaplashishni istayman!
Folbin ruhni chaqirgach, ovoz keldi.
— Salom, nevaraginam!
— Bobojon, salom! Qaerdan turib gaplashyapsiz men bilan?
— Narigi dunyodan turib!
— Vo, ja opqochasiz-a, bobo!.. Axir, siz hali o’lmagansiz-ku!
***
Boyvachcha mashinasida ketayotib ikki nafar piyodani urib yubordi. Uni sud qilishyapti.
Sudya:
— Xo’-o’sh, aka, anavi old oynangizni boshi bilan urib sindirgani besh yil oladi. Daraxtlar orasiga uchib kirib ketgani esa voqea joyidan yashirinishga uringani uchun sakkiz yilga qamaladi.
***
— Oyi, bugun maktabimizda ziyofat bor ekan. Maylimi, anavi brilliant ko’zli uzugimni taqib borsam?
— Yo’q.
— Nega endi? “Ferreri”mga tekkizmaysizlar, brilliant uzukni taqtirmaysizlar, o’nlab norkali shubalarim bor, kiydirmaysizlar. Qachon foydalanaman, axir ulardan?
— Dadang pensiyaga chiqsin, o’shanda foydalanasan. Hozir u oddiygina yo’l patrul xizmati xodimi, xolos.
***
Nega pashsha ayoldan yaxshi?
— Pashsha faqat yozdagina odamning joniga tegadi.
— Pashsha sizni boshqa pashshaga rashk qilmaydi.
— Pashshaning hech qachon boshi og’rimaydi.
— Pashsha qorindor erkaklarni xush ko’radi.
— Pashshaga pulingiz bormi-yo’qmi, baribir.
Olimjon HAYIT tayyorladi