KUN KULGISI…

 

 

* * *

 

Ikki dugona uchrashib qolishdi.

— Ishlaring yaxshimi?

— A’lo darajada! Bilasanmi, jazmanim menga norkali palto sovg’a qildi.

— Ajoyib!

— Yana menga yangi «BMV» olib berarkan.

— Ajoyib!

— Yozda chet elga dam olishga borarkanmiz.

— Ajoyib!

— O’zingning ishlaring qalay?

— Men yoqimli so’zlar aytishga o’rgatadigan maktabda o’qiyapman.

— U qanaqa maktab ekan?

— Masalan, «Yolg’on gapirma» degan so’z o’rniga «Ajoyib» degan so’zni ishlatishga o’rgandim.

 

* * *

 

— Dada, kechqurun mashinangizdan foydalanib tursam maylimi?

— O’g’lim, manavi oyoqlarni Xudo nima uchun bergan?

— Bittasini tormoz, ikkinchisini gazni bosish uchun bergan!

 

* * *

 

— Oshna, shu latifangni mengacha yana kimgadir aytib berdingmi?

— Yo’q.

— Unda nega ko’zlaring ko’karib ketibdi?

 

* * *

 

— Toshmatvoy, beshta Afrika hayvonini sanab ber-chi!

— Ikkita maymun, uchta fil.

 

* * *

 

Maktabda bezorilik qilib nom qozongan bola ulkan daraxt ro’parasiga keldi-da, dedi:

— Hozir bir urib buyragingni tushirib qo’yaymi?!.

 

* * *

 

Yigit qizga dedi:

— Sen xuddi birinchi kurslarga o’xshab erkalanishniyam qotirib qo’yolmas ekansan!

— Bizning ikkinchi kursda hamma qizlar yigitlarga shunday erkalanishadi.

 

* * *

 

Qiz yigitga dedi:

— Siz tez-tez cho’milib turishingiz kerak ekan.

— Men shundoq ham tez-tez cho’milaman.

— Unda suvni tez-tez almashtirib turing!

 

* * *

 

Ona o’g’lini koyidi:

— Nega butun stol bo’ylab qo’l cho’zaverasan? Tiling yo’qmi?

— Tilim bilan stolning narigi chetidagi yegulikni ololmayman-da!

 

* * *

 

Olti yashar qizaloq o’ziga o’zi dedi:

— Borib buvijonimni uyg’otay-chi, qachon uyg’onarkan!

 

* * *

 

— Hoy qo’shni, o’g’lingiz meni sigir deb haqorat qildi!

— Obbo, yaramas-ey! Ming marta aytganman odamlarni tashqi ko’rinishiga qarab baholama deb!

 

* * *

 

Muallima:

— Xo’-o’sh, Eshmatvoy, «sevish» so’zining kelasi zamon formasini ayt-chi!

— Turmushga chiqish.

 

* * *

 

Muallima o’quvchilarga yuzta so’zdan iborat biror hodisani yozib kelishlarini vazifa qilib bergandi. Toshmat hodisani quyidagicha qog’ozga tushirdi:

— Kecha oyim do’kondan norkali paltoda uyga kirib keldi. Qolgan to’qsonta so’zni dadamning o’zi aytdi.

 

* * *

 

O’rta yashar ayol bo’y yetgan qizi bilan vrach kabinetiga kirib keldi. Vrach qizga qarab dedi:

— Qani, xonim, yechining!..

Ona vrachga qichqirdi:

— Voy, kasal qizim emas, menman, axir!

— Shunaqami? Qani, tilingizni ko’rsatib yuboring-chi!

Olimjon HAYIT tayyorladi