* * *
Militsiya bo’limi eshigi tepasidagi e’londan:
«Bizga maska taqmay yurgan ikkita qo’shningni chaqib ber va ko’chada 1 soat maskasiz yurish huquqiga egalik qil!»
* * *
Bosqinchilik bilan shug’ullanuvchi kimsa tanishiga maqtanyapti:
— Bugungi ishim zo’r bo’ldi. Hali bunaqasi bo’lmagandi.
— Nima bo’ldi? Oltin-brilliantlarga ega chiqdingmi?
— Ega chiqish ham gap ekanmi? Oldin ularni qanday qo’lga kiritding deb so’ra!
— Qanday qo’lga kiritding?
— Banklardan biriga seke-en kirib bordim. Yonimda vintovka tugul pichoq ham yo’g’idi. Oldin birpas ichkaridagilarni kuzatdim. Keyin bor ovozda «Pullarni chiqarlaring! Aks holda hammangni koronavirusga uchrataman!», deb baqirdim va ketidan bir necha marta cho’zib-cho’zib yo’taldim. Ishonasanmi, hali nafas olib chiqarishga ulgurmasimdan bank xodimlari tugul melisalar ham qochib qolishibdi.
* * *
Chumoli filga yaqin bordi-da, bor ovozda baqirdi:
— Hozir bir urib koronavirusga uchratib qo’yaymi?..
* * *
80 dan oshgan qariya tengqur qariyaga dedi:
— Hozirgi yoshlar-chi, qizlarning qulog’iga lag’mon osishning yangicha usulini o’ylab topishibdi.
— Yo’g’-e!
— Ha, qiz yaxshi ko’rishiga hadeganda ishona qolmasa, «Agar aldasam, koronavirusga uchrab o’lay», deb qasam icharkan. Qizlar ham shu qasamga baloday ishonisharkan.
loading…